• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Hamkasblar bilan munosabatlarning yomonlashishiga sabab bo‘luvchi 10 odat

    Ishdagi muhitning “buzilishi”, hamkasblar ko‘ziga yomon ko‘rinib qolishning oldini olish uchun quyidagi odatlardan voz kechgan yaxshi.

    Foto: Freepik

    Foto: Freepik

    Gigiyenaga rioya qilmaslik

    Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik yoki aksincha, atirni haddan ortiq sepib olish atrofdagilarga yoqmasligi tabiiy. Shu sabab ham uydan chiqayotganda sizdan yomon hid anqimayotgani va o‘tkir atir ifori boshqalarni asabiylashtirmasligiga amin bo‘ling. Aksariyat hollarda yomon hid anqishiga terlash emas, vaqt o‘tishi bilan ko‘payadigan bakteriyalar sabab bo‘ladi. Bu muammoni bartaraf qilishda esa dush qabul qilish yaxshi samara beradi. Qolaversa, kiyimlarning toza va yuvilgan bo‘lishiga e’tibor qarating.

    Hidi chiqadigan taom yoki yegulikni ish joyida iste’mol qilish

    Sarimsoqli, piyozli taom yoki kabob yegandan keyin hamkasblar nima uchun sizga o‘qrayganiga hayron bo‘lib yurmang. Xonaga tarqaganidan tashqari, ovqat hidi kiyimga ham o‘tirib qolishi mumkin. Qolaversa, parhez tutayotgan, tushlik qilishga ulgurmagan hamda gastriti bor hamkasblaringiz sizni bu qilmishingizdan keyin xursand bo‘lmasligi aniq. Shu sababdan ham tashqarida ovqatlanib keling, vaqtingiz bo‘lmasa, hidi chiqmaydigan yegulikni boshqa xonaga chiqib, yeb oling.

    Tartibsizlikka sabab bo‘lish

    Yuvilmagan idishni rakovinada, buyumlarni stol ustida qoldirib ketish, umuman, tartibsizliklarga sabab bo‘lish yaxshi emas. Ko‘pchilik bor joyda narsalarni tashlab ketib, muammolarga sabab bo‘lmang.

    Hamkasblarga teginish

    Quchoqlash, barmoq bilan teginish va shunga o‘xshash holatlar hech kimga yoqmasligi aniq. Teginish tugul, haddan ortiq yaqin kelish ham kimlarningdir o‘zini noqulay his qilishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zboshimchalik bilan harakat qilmang, kimningdir yelkasi chang bo‘lgan taqdirda ham shoshqaloqlik qilib, yordam bermasdan bu haqda o‘sha odamning o‘zini ogohlantirib qo‘yganingiz yaxshi.

    Kimdir so‘ramasa ham shaxsiy ma’lumotlar bilan bo‘lishish

    Suhbatdoshiga yoqish-yoqmasligi, uyalayotgani yoki qizarayotganiga qaramay, jag‘i tinmaydigan odamlar yo‘q emas. Vaziyat taqozosi bilan har kuni biron kishi yoki kishilar guruhi bilan duch kelish, ular bilan qadrdon yoki yaqinlikni bildirmaydi. Ish, o‘qish bilan bog‘liq yoki boshqa tasodifan duch kelgan odamlar vaqt sinovidan o‘tmagan va har ikki tomonda samimiy munosabat bo‘lmasa, o‘ziga haddan ortiq yaqin olib yubormaslik kerak.

    O‘zini kasalga solish, chorasiz ko‘rsatish

    Boshqalar ishlayotgan bir vaqtda vazifani kamroq bajarish uchun o‘zini kasalga solish yaxshi emas. O‘zi umuman biron kamchilik yoki muammo sabab o‘zini chorasiz ko‘rsatish, oqibatda munosabatlarning yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, avvaliga siz yoki hamkasblaringiz shunday kishiga yordam berishga harakat qiladi. Ammo o‘sha kishi atrofdagilarning rahmini keltirishi va bundan foydalanishini bir kun kelib tushunib yetish hafsala pir bo‘lishiga olib keladi. Odamlar yalqovlik yoki ishning birovning yelkasiga yuklab qo‘yilishini kechirishi mumkin, ammo o‘zlarining ahmoq qilingani va rahmdilligidan foydalanilganini kechira olmaydi.

    Kasal holda ham ishga kelish

    Tana harorati ko‘tarilgan bo‘lsa ham ishga kelgan odam o‘zi uchun qahramondir, lekin boshqalar ko‘z o‘ngida virus tarqatadigan kasallik manbayi bo‘ladi. Havo tomchi yo‘li bilan tarqashi mumkin bo‘lgan kasallikka chalingan bo‘lsangiz, yaxshisi davolanmaguncha ishga bormang.

    Telefon ovozini o‘chirib qo‘ymaslik

    Xonadan chiqib ketgan hamkasb telefonining tinmay jiringlashi boshqalarning ish jarayoniga ta’sir qilmay qolmaydi, asabiylashishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham jamoat joyida telefonni ovozsiz rejimga qo‘yib qo‘yish yoki uni cho‘ntakda olib yurish kerak.

    Shaxsiy masalalarni telefonda muhokama qilish

    Hamma o‘tirgan joyda telefonda gaplashish odamlarni ishdan chalg‘itadi, qolaversa, shaxsiy gaplarni hammaning oldida gaplashish dardni dasturxon qilish bilan barobar. Ish vaqtida ish bilan mashg‘ul bo‘lish, shaxsiy muammolarni esa ishdan tashqarida muhokama va hal qilish kerak.

    Musiqaning ovozini baland qilib eshitish

    Musiqani baland ovozda eshitish boshqalar diqqatini to‘plashga xalal berishi mumkin. Shu sabab ham o‘zingizga yoqqan musiqani yaxshisi quloqchinda eshiting.

    Mavzuga doir:

    • Haqiqiy do‘stlikni qanday bilish mumkin?
    • Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya
    • Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar
    • Shaxsiy hayot, ish va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan 5 tavsiya
    • Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab
    • Shaxsiy hayot, ish va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan 5 tavsiya
    • Munosabatlar uzoqqa bormasligining 5 sababi

    25.04.2021, 19:55   Izoh (0)   33752
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muzlagan sharbat va bolani mashinada sayr qildirish: ko‘p bolali onalar uchun ajoyib layfxaklar

    25.04.2021, 15:51

    Har bir ayolning mashinasida bo‘lishi kerak bo‘lgan buyumlar

    24.04.2021, 11:53

    Toza va tez: Uy tozalashda asqatadigan 6 ta layfxak

    23.04.2021, 08:55

    Uslub qotillari! Obrazning mukammal bo‘lishiga xalaqit beruvchi 10 ta kamchilik 

    21.04.2021, 12:24

    Kola, otvyortka, soda: avtomobil egalarining koriga yaraydigan foydali tavsiyalar

    20.04.2021, 20:00

    Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?

    18.04.2021, 21:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.