Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda noqonuniy ishlovchi muhojirlarga rasmiy murojaat bilan chiqdi. Ma’lum qilinishicha, ularning hujjatlari rasmiylashtirib beriladi va hech qanday sanksiya qo‘llanilmaydi. Buning uchun ular hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari lozim.

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakatdagi noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda Rossiyada shu maqomdagi 332 mingdan ortiq o‘zbekistonlik bor. Agarda ular 2021-yilning 15-iyuniga qadar ro‘yxatdan o‘tmasa, ommaviy deportatsiya boshlanadi.

“Rossiya hududida migratsiya qonunchiligida belgilangan yashash tartibini buzgan holda yashayotgan shaxslarga bunday holatda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llamasdan, o‘zlarining huquqiy maqomlarini hal qilish imkoniyati beriladi”, — deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, bunday fuqarolar hamda ularning oila a’zolariga nisbatan vaqtinchalik yashash muddatini uzaytirish, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

Avvalroq Rossiyada yirik loyihalarni amalga oshirish uchun mehnat muhojirlari yetishmayotgani, Moskvaga ishlash uchun borgan 500 dan ortiq o‘zbekistonlik 2 oydan buyon karantindaligi sabab norozilik bildirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel o‘rtalarida Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlaridan kelgan noqonuniy migrantlardan 15-iyunga qadar mamlakatni tark etishni talab qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi