Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 31-turida Madridning “Atletiko” klubi 22-aprel, payshanba kuni “Ueska” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Madridda kechgan uchrashuvda mezbonlarning qo‘li baland keldi. “Matraschilar”ga Anxel Korrea va va Yannik Ferreyra Karraskoning gollari g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Atletiko”ning ochkolari soni 73 taga yetdi va jamoa yana 1-o‘ringa qaytdi. “Ueska” esa 27 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

La Liga

31-tur bahslari

23-aprel, payshanba

“Atletiko” – “Ueska” 2:0

Gollar: 1:0 – 39 Korrea, 2:0 – 80 Karrasko.

“Atletiko”: Oblak, Ximenes, Savich, Trippyer, Lodi (Felipe, 87), Koke, Karrasko (Kondogbia, 84), Lyorente, Saul (Vitolo, 87), Korrea (Torreyra, 84), Errera (Dembele, 76).

“Ueska”: Alvaro Fernandes, Siovas, Pulido, Insua, Dumbiya, Mikel Riko, Serxio Gomes, Moskera (Galan, 63), Okazaki (Ferreyro, 63), Rafa Mir (Sandro Ramires, 63), Dani Eskriche.

Ogohlantirishlar: Ximenes (65), Saul (83).