Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha Gubernator Kubogi—2021 musobaqasi davom etmoqda.

Foto: Boks federatsiyasi

Musobaqaning to‘rtinchi kunida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.

Abdumalik Halokov (-60 kg) rossiyalik Jamal Badrutdinovga qarshi jang qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bobousmon Boturov (-69 kg) esa Moldova vakili Dmitriy Galagotsga imkon qoldirmadi.

81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga chiqadigan Dilshod Ro‘zmetov qozog‘istonlik Jahon chempioni Bekzad Nurdauletovga to‘qnash keldi. Jangda Ro‘zmetov imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!