Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqda “Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi fuqaroni quvlab, urdi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. YXHBB ushbu videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 18-aprel kuni Qoraqalpog‘iston, Qo‘ng‘irot tumani hududida, dehqon bozori atrofida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.A.ning yoniga mast holdagi fuqaro kelib, xodimga nisbatan turli harakatlar bilan xizmat faoliyatiga xalaqit bergan. Xodim fuqaroga mast holda ekanligini, yashash uyiga borishi zarurligini ta’kidlashiga qaramasdan, turli so‘zlar bilan xodimga xalaqit berishda davom etgan.

Shundan so‘ng, YPX xodimi va fuqaro o‘rtasida nizoli holat yuzaga kelgan. YPX xodimi fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tishga taklif qilgan va tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, mastlik holati tasdiqlangan.

YPX xodimi tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, bo‘lib o‘tgan holatni batafsil bayon qilgan va tegishli tartibda ko‘rib chiqilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani, Toshkentda YPX inspektorini haqorat qilgan Matiz haydovchisiga chora ko‘rilgani hamda Andijonda “tonirovka”si uchun to‘xtatilgan Nexia haydovchisi YPX inspektori bilan janjallashgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi