Daryo

Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish57 402 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Jizzax shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchini haqorat qilgan viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 12-aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.P., Z G‘. va Sh.M. Jizzax shahar Islom Karimov shoh ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida YPX inspektori Sh.M. tomonidan “VAZ-2108” mashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlanganligi bois to‘xtatilgan.

YPX xodimi haydovchidan me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganda haydovchi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, “VAZ-2108” vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e’tiroz bildirib, qarshilik ko‘rsatgan. YPX inspektori Sh.M. haydovchi bilan muloqot jarayonida nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda YPX inspektorini haqorat qilgan Matiz haydovchisiga chora ko‘rilgani, Andijonda “tonirovka”si uchun to‘xtatilgan Nexia haydovchisi YPX inspektori bilan janjallashgani hamda Toshkent viloyatida “GAIning duxini sindirmoqchi” bo‘lgan haydovchi 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar