Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududida Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga kirib kelgan yuk avtomobili ag‘anadi. Oqibatda yuk avtomobilidagi 300 bosh qo‘yning yuzga yaqini nobud bo‘lgan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, voqea bugun, 20-aprel kuni soat 17:00 va 18:00 oralig‘ida M39 xalqaro avtomobil yo‘lining 971- kilometrida sodir bo‘lgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Voqea guvohlarining so‘ziga ko‘ra, yuk avtomobili yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan MTZ-80 traktoriga urilgan va ag‘darilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyat xodimlari yetib borgan. YTHdan jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Foto: “Daryo”