Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida erkakning o‘zga ayol bilan yozishmalarini xotiniga ko‘rsatmaslik evaziga 14 million so‘m talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, 15-aprel kuni Pastdarg‘om tumanida yashovchi Xayrullo ismli shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Umida ismli shaxs tanishi, Bahora ismli ayol bilan bilan yozishgan SMS’larini qo‘lga kiritib, ushbu yozuvlarni turmush o‘rtog‘iga berishini aytib qo‘rqitib, ma’lumotlarni tarqatib yubormaslik evaziga 14 million so‘m talab qilayotganligini aytib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

15-aprel kuni Pastdarg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Umida kelishilgan pullardan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Pastdarg‘om tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq namanganlik erkak bilan Telegram’da yolg‘ondan ishqiy munosabatga kirishib, so‘ngra ushbu yozishmalarni tarqatmaslik evaziga undan 1000 dollar so‘ragan ayol ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, bekobodlik ayolning eski Telegram akkauntidagi shaxsiy rasmlarini internetda tarqatib yubormaslik uchun undan 5 million so‘m so‘ragan 15 yoshli qiz ushlangani, Xorazmda ayolning shaxsiy videotasvirlarni qarindoshlariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, undan 1,5 ming dollar va telefon talab qilgan yigit qo‘lga olingani hamda Toshkentda qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar