• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ishga kirishda so‘raladigan hujjatlarning ko‘pi — ortiqcha qog‘ozbozlik

    O‘zbekistonda ishga kirishda so‘raladigan obyektivka-ma’lumotnomaga o‘xshash hujjatlar haqiqatan ham allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan. Zamonaviy dunyoda ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzoddan rezyume olinadi. Rezyumeda shaxsiy ma’lumotnomadagi kabi qarindosh-urug‘lar ko‘rsatilmaydi. Aslida ham ishchining o‘zi kimligi, malakasi qay darajadaligi muhim-ku ish beruvchi uchun — professorning o‘g‘li yoki qizi bo‘lgani, oilasida kimdir sudlangani xodimning salohiyatini ko‘rsatmaydi (sudlanganlik holati huquq-tartibot organlari uchun muhim bo‘lishi mumkin, ular buni obyektivkasiz ham aniqlab ola biladi).

    Bizda urf bo‘lgan obyektivka-ma’lumotnomalarda siyosiy partiyalarga a’zolik, millati kabilar ham ko‘rsatiladi. Bular nimaga kerakligiga hayronman. Partiyaga a’zolik lavozimda o‘sishga ta’sir qiladigan paytlar allaqachon o‘tgan-ku! Biror partiyaga ishga kirayotgan odamdan partiyaviy mansubligini so‘rash o‘rinlidir. Lekin boshqa holatlarda ahamiyatli emas, menimcha. Kishining millati ham xodimning layoqati yoki ish sifatiga ta’sir qilmaydi.

    Amaldagi shaxsiy ma’lumotnomalar xodimning salohiyati, qobiliyati haqida yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. Unda qanday yutuqlarga erishganingiz, soha bo‘yicha qanday ishlarni bajarganingiz, qanday loyihalarda qatnashganingizni ko‘rsata olmaysiz. Birgina ishlagan joylariga qarab xodimning malakasi haqida to‘laqonli tasavvur hosil qilib bo‘lmaydi. Nomzod hatto nufuzli joyda ishlab ham, katta natijalarga erishmagan, yetarli bilim-tajriba orttirmagan bo‘lishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotnomani namuna bo‘yicha tayyorlayman desangiz, unda hatto telefon raqami yoki elektron manzil yozadigan joy ham yo‘q. Chunki u eski zamon hujjati-da.

    Rezyumeda esa nomzodning qobiliyati va tajribasi, u bilan bog‘lanish vositalari haqida kengroq, aniqroq ma’lumotlarni berish mumkin. Bular — ish beruvchi uchun qiziq va ahamiyatli.

    Idora va tashkilotlarda, ayniqsa davlat idoralarida xodimning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi yuritiladi. “Davlat tilida ish yuritish” kitobida ko‘rsatilishicha, bu yig‘majilddan kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa yoki so‘rovnoma, tarjimayi hol, shaxsiy varaqaga qo‘shimcha, shaxsiy ma’lumotnoma va boshqa hujjatlar ham o‘rin oladi. To‘g‘ri, bu hujjatlarni talab qilish Mehnat kodeksida ko‘rsatilmagan, lekin amaliyotda keng qo‘llanadi.

    Yuqorida sanalganlardan obyektivka, tarjimayi hol, shaxsiy varaqa va so‘rovnoma bir-biriga o‘xshash ma’lumotlarni aynan takrorlaydi. Tarjimayi hol, shaxsiy varaqa va so‘rovnomada ham xuddi obyektivkadagiga o‘xshab qarindoshlaringiz, ishlagan va o‘qigan joylaringiz, partiyalarga aloqadorligingiz, qaysi tillarni bilishingiz ko‘rsatilishi kerak. Qayta va qayta.

    Shaxsiy varaqada chet ellarda bo‘lgan-bo‘lmaganingiz, so‘rovnomada sudlangan-sudlanmaganingizni ham bildirib o‘tishingiz kerak. Bir paytlar chet eldagi qarindoshlaringiz va ular bilan aloqalaringizni ko‘rsatish so‘ralgan so‘rovnomalar ham bo‘lardi. Xuddi tergov savollariga o‘xshardi. Hozir bunday so‘rovnomalar yo‘q, shekilli, har holda.

    Yangi ishni bunday qog‘ozbozlik, keraksiz savollarga bir necha bor javob yozish bilan boshlash xodimning kayfiyatiga, albatta, ta’sir qiladi. Bu shunchaki kayfiyat ishi emas, ortiqcha chiqim hamdir. Agar bu qog‘ozlar xodim hisobidan bo‘lsa, bevosita xodim zarar ko‘radi. Yo‘qsa, korxona. Agar budjet tashkiloti bo‘lsa, alaloqibat davlat va xalq zarar ko‘radi. Arzimasdek ko‘ringan bu chiqimlar butun mamlakat miqyosida katta summaga aylanadi. Axir bu ma’lumotnomalarning qog‘ozi, bosmaxona va tashish xarajatlari — hammasi mablag‘ talab etadi. Xodim sarflaydigan vaqt ham umr isrofidan boshqa narsa emas.

    Kadrlar sohasida ishlaydigan bir tanishimning aytishicha, tarjimayi hol yozdirishning foydasi bor ekan. Xodimlardan biri ishdan bo‘shamayman, ishdan bo‘shash haqidagi arizani men yozmaganman deb turib olibdi. Imzoni atay boshqacha qo‘ygan ekan shovvoz. Shunda tarjimayi holdagi va arizadagi dastxat birxilligini dalil qilib olishibdi. Shunga o‘xshash holatlarnigina deb ortiqcha qog‘oz to‘ldirish o‘zini oqlamaydigan holat baribir. Ish bermaydigan, malakasiz xodimni bo‘shatishning qonuniy, asosli yo‘lidan borish kerak. Shunda dastxat solishtirishga ham hojat qolmaydi.

    Muammoni ko‘rsatgach, yechimni ham aytish kerak-da. Takliflarim quyidagicha:

    1. Ishga kirishda yuqoridagi hujjatlarning hech birini talab qilmaslik va faqat rezyume so‘rash. Balki, Mehnat kodeksiga ham kiritilar. Yoki bu shunchaki tavsiya maqomida bo‘lishi mumkin. Rezyume nomzoddan ishga kirishdan oldin so‘raladi, keyinchalik xodimning shaxsiy yig‘majildida bo‘lishi shart emas. Obyektivkaning nomini rezyume deb o‘zgartirib qo‘yish bilan ham ish bitmaydi. Rezyumeda nimalar aks etishi kerakligini ingliz, nemis va rus tillaridagi variantlaridan o‘rganib, tavsiya ishlab chiqish mumkin. Balki, boshqa tillardagi rezyumelar ham o‘rganilar. Tavsiyani Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tayyorlagani yaxshiroq, menimcha.

    2. Barcha hujjatlarni, hatto arizani ham elektron ko‘rinishga o‘tkazish va buni elektron imzo bilan tasdiqlash. Korxona-tashkilot ham, xodim ham o‘zaro munosabati va yozishmalarini elektron imzo bilan tasdiqlaydi. Har bir kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar qayd etilib boradi. Bu jarayon “my.gov.uz” yoki “my.mehnat.uz” tizimi orqali amalga oshirilsa, yana-da yaxshi.

    3. Korxona va tashkilotlarda qog‘ozbozlik bilan bog‘liq holatlarni kamaytirish borasida avvalo mas’ul tashkilotlarning o‘zi xayrixoh va tashabbuskor bo‘lishi kerak.

    Orif Tolib,"Daryo" kolumnisti

    Mavzuga doir: Murosaning kaliti yechimda: alifbo hammaga qulay bo‘lsin!

    19.04.2021, 06:15   Izoh (0)   71942
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.