• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi tomonidan dubinka bilan kaltaklangani aytilgan ayol ishi sudda ko‘rib chiqildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onalik ayolning Milliy gvardiya xodimi dubinka bilan urganligi haqidagi videolavhasi tarqalgandi. Mazkur videoxabar Farg‘ona viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqilib, voqea 2020-yil iyun oyida Toshloq tumanida yuz bergani aniqlangandi. O‘zA ushbu ayol ishi sudda ko‘rib chiqilib, aybdorlarga tegishli jazo tayinlanganini ma’lum qildi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Jurnalistik surishtiruvda ayolni kaltaklagan erkaklarning biri shar’iy nikohdagi eri bo‘lib, ichki ishlar vazirligida ishlashi, ikkinchi erkak erining akasi, Milliy gvardiya xodimi ekanligi aniqlangan. Ayol bir necha yil avval Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan. Yigit bu ayol bilan yashirincha yashab yurgan, 2020-yil boshqa ayol bilan rasmiy nikohdan o‘tgan.

    Bundan xabar topgan shar’iy nikohdagi ayol janjal ko‘tarib, shar’iy eriga to‘ydan bir kun avval shart qo‘ygan. Shartida o‘zaro tug‘ilgan farzandiga otalikni belgilashni va familiyasini berishni, aks holda yigitning to‘yini buzishini va sharmanda qilishini aytgan. Ilojsiz yigit to‘ydan bir kun oldin farzandiga familiya berish bilan shug‘ullangan. To‘y o‘tgach ayol yigitning uyiga borib, uy olib berishini talab qilib yana janjal ko‘targan.

    Oradan biroz vaqt o‘tgach, yigit va uning oilasi mashinada ketayotganda ularni poylab yurgan ayol mashina yo‘lini to‘sgan va o‘rtada yana janjal boshlangan. Mashinada o‘tirgan yangi kelin ham tushib, o‘z qonuniy erini himoya qilish uchun o‘rtaga aralashgan. Ayol shu vaqt kelinga tashlanib, sochini yulib yerga yiqitib urgan. Yigit ularni ajratishga harakat qiladi, ammo ayol kelinning sochini qo‘yib yubormagach, kuch ishlatgan. Milliy gvardiyada ishlaydigan yigitning akasi ham jim qarab turolmay aralashgan. Shunday qilib, ayolga ikki erkak tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

    O‘zAning ma’lum qilishicha, 14-aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida D.U (videodagi jarohatlangan ayol) va (yigitning qonuniy xotini) N.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasining 2-qismi (qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish) bilan yuritilgan ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.

    D.U. 2020-yil 22-iyun kuni soat 20:00 larda Toshloq tumani “Qanjirg‘a” mahalla fuqarolar yig‘inida D.M.ning qonuniy turmush o‘rtog‘i bo‘lgan ayol N.M. bilan o‘zaro gap talashib qolgan. Ular bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan so‘kib haqorat qilgan, janjallashib bir-birining tanasiga tan jarohati yetkazgan. Ikki ayol o‘zaro yoqalashib turganida yigitning akasi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.M. kelin bilan yoqalashayotgan ayol D.U.ni ajratib olish paytida unga yengil tan jarohati yetkazadi.

    Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida kelin N.M.ning o‘ng yelkasini oldingi yuzasini yuqorigi qismidagi qontalash, chap tirsak bo‘g‘imini ustki yuzasidagi, chap va o‘ng tizza bo‘g‘imlarini ustki yuzalaridagi shilinmalar aniqlanib, bu tan jarohatlari 6 kundan ko‘p davom etmaydigan yengil shikastlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

    Videodagi ayol D.U.da ham yengil shikastlar bo‘lgan hamda ekspertiza xulosasida ko‘rsatilgan. Qo‘shimcha sud tibbiy ekspertizasining 2021-yil 1-martdagi xulosasida D.U.ning yuz sohasida ozgina seziladigan chandiq mavjud bo‘lib, chap ko‘z ostidagi yuzaki jarohatning bitganidan qolganligi va bu jarohat bitib ketadigan jarohatlar turkumiga kirishi, shuningdek, ushbu chandiq yuz assimetriyasiga va funksional o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaganligi qayd etilgan.

    Milliy gvardiya “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyatining 2020-yil 5-oktabrdagi buyrug‘i bilan harbiy xizmatchi A.M. D.U.ni haqorat qilib, unga qasddan yengil tan jarohati yetkazgani sababli unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 16-moddasi tartibida hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

    Sud D.U.ning suddagi, N.M., D.M. va A.M.ning esa surishtiruvdagi ko‘rsatmalarini eshitib, yakuniy xulosaga kelgan. Qaror bilan ayollarning har biriga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (18-aprel holatiga ko‘ra, 245 ming so‘m)dan jarima jazolari tayinlangan.

    Mavzuga doir: Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida fuqaroni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

    18.04.2021, 23:25   Izoh (0)   71981
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda koronavirus bemorlari abgor binoga yotqizilayotgani tasvirlangan suratlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mas’ullar holat yuzasidan izoh berdi

    18.04.2021, 20:14

    Andijonda maxsus internat o‘quvchisi tarbiyachi tomonidan kaltaklangani aytildi. Mas’ullar bunga aniq isbot yo‘qligini ta’kidlamoqda

    18.04.2021, 19:34

    O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi

    18.04.2021, 18:12

    Buxoroda 26 yoshli yigit kaltaklangach, vafot etdi. Marhumning otasi o‘g‘lini o‘ldirgan shaxsga chora ko‘rilmayotganini aytmoqda

    18.04.2021, 17:11

    Iftorlikda nega aynan xurmo bilan og‘iz ochiladi?

    18.04.2021, 16:30

    Sayyohlar qo‘lidan sabzi yeyayotgan ohu: O‘zbekistonda yagona hisoblangan agroekoturzonaga fotosayohat

    18.04.2021, 15:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.