Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT ) amaldagi raisi, Shvetsiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Ann Linde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda mamlakatning YeXHT bilan konstruktiv sherikligini rivojlantirish, O‘zbekiston bilan Shvetsiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlat rahbari YeXHT bilan samarali muloqotning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Shvetsiyaning tashkilotga raisligining ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatladi.

Keyingi yillarda, shu jumladan, ushbu nufuzli mintaqaviy tashkilotning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori ofisining izchil sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro muloqot va almashinuvlar jadallashgani ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbatda O‘zbekiston Prezidenti YeXHT bilan ko‘p qirrali sheriklikni, avvalo, mamlakatda muhim ichki siyosiy tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik doirasida kengaytirishning asosiy yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi.

O‘zbekiston tashkilotning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi va Parlament assambleyasi bilan sermahsul muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Yaqin orada bir qator qo‘shma tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shvetsiya bilan ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari haqida so‘z yuritar ekan, ta’lim sohasida hamkorlik qilish, Shvetsiya yetakchi kompaniyalarining innovatsiyalari va investitsiyalarini mamlakatimizga jalb etish, savdo va kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni muhim yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shvetsiyada O‘zbekistonning diplomatik missiyasini tashkil etish mamlakatlar o‘rtasidagi va umuman skandinav davlatlar bilan hamkorlikning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

YeXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri iliq qabul va ochiq suhbat uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ann Linde O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi siyosatni yuqori baholadi va qo‘llab-quvvatladi.

YeXHT doirasidagi qo‘shma tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda Shvetsiya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga yuksak e’tibor qaratilayotgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aytdi
Sport
Vinisius Junior irqchilik bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganiga qaramasdan “Real”da qolmoqchi 
Dunyo
Fransiya Ukrainaga qanday shart bilan qiruvchilar yetkazib berishi mumkinligini ma’lum qildi