Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Bavariya” himoyachisi David Alaba Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida PSJga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Bu avstriyalik futbolchi uchun “Bavariya” safida barcha musobaqalar doirasidagi 425-o‘yin bo‘ldi. Alaba bu borada Germaniyadan bo‘lmagan futbolchilar orasida Frank Riberining rekordini takrorladi. Fransiyalik futbolchi ham Myunxen klubi safida 425 ta o‘yin o‘tkazgandi.

Alaba “Bavariya”da 2009-yildan beri to‘p surib keladi.

2021-yilning yozida uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi tugaydi. Futbolchi katta ehtimol bilan kelasi mavsumdan faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Avvalroq Alaba “Real” bilan og‘zaki kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 26 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oʻzbekneftgaz”: “Maroqand neft bazasi”da talon-torojlikka yoʻl qoʻygan xodimlarga oid toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)