Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Bavariya” himoyachisi David Alaba Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida PSJga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Bu avstriyalik futbolchi uchun “Bavariya” safida barcha musobaqalar doirasidagi 425-o‘yin bo‘ldi. Alaba bu borada Germaniyadan bo‘lmagan futbolchilar orasida Frank Riberining rekordini takrorladi. Fransiyalik futbolchi ham Myunxen klubi safida 425 ta o‘yin o‘tkazgandi.

Alaba “Bavariya”da 2009-yildan beri to‘p surib keladi.

2021-yilning yozida uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi tugaydi. Futbolchi katta ehtimol bilan kelasi mavsumdan faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Avvalroq Alaba “Real” bilan og‘zaki kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 26 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi