Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida “Liverpul”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Twitter/@realmadrid

Foto: Twitter/@realmadrid

Zinedin Zidan qaydnomaga 21 nafar futbolchini kiritdi. Himoyachilar Serxio Ramos, Daniel Karvaxal, yarim himoyachi Lukas Vaskes va hujumchi Eden Azar jarohat tufayli o‘yinda ishtirok etolmaydi. Shuningdek, koronavirus sabab Rafael Varan ham madridliklarga yordam bera olmaydi.

“Liverpul” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

“Real”ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diyego Altube;

Himoyachilar: Eder Militao, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi, Viktor Chust;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko, Marvin Pak, Serxio Arribas;

Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.

“Real” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 3:1 hisobida ispan klubi foydasiga hal bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?