Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonga Kuvayt–Toshkent–Kuvayt yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Jazeera Airways aviakompaniyasi ruxsatnoma oldi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Foto: Jazeera Airways

Foto: Jazeera Airways

O‘zbekiston hukumati va Kuvayt davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021-yil 12-aprel kuni Jazeera Airways aviakompaniyasiga Kuvayt–Toshkent–Kuvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 8-k sonli ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni A320-214 va A320-251N havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.

Bundan avval Ukraina aviakompaniyasi Toshkent va Kiyev o‘rtasida reyslarni tiklashni rejalashtirayotgani, Uzbekistan Airways Toshkent va Nyu-York o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygani hamda Uzbekistan Airways Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar tiklanganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)