Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 31-turida “Tottenhem” 11-aprel, yakshanba kuni “Manchester Yunayted”ni qabul qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Turning markaziy bahsida mehmonlarning qo‘li baland keldi. 40-daqiqada Son Hyon Min “shporlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. “Manchester Yunayted” ikkinchi bo‘limda bunga Fred, Edinson Kavani va Meyson Grinvudning gollari bilan javob qaytargan holda irodali g‘alabani tantana qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari soni 63 taga yetgan manchesterliklar musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa hamshahari “Manchester Siti”dan 11 ochkoga ortda qolmoqda. “Tottenhem” esa (49) 7-o‘rindan joy olgan.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

“Vest Hem” o‘z maydonida “Lester”dan ustun keldi. Mezbonlarning gollariga Jessi Lingard va Jerrod Bouen mualliflik qildi. “Lester”ning javob gollari esa Kelechi Iheanacho hisobiga yozildi.

APL

31-tur bahslari

11-aprel, yakshanba

“Tottenhem” – “Manchester Yunayted” 1:3

Gollar: 1:0 – 40 Son Hyon Min, 1:1 – 57 Fred, 1:2 – 79 Kavani, 1:3 – 90+6 Grinvud.

“Tottenhem”: Lyoris, Rodon, Regilon, Orye, Dayer, Hyoybyerg, Ndombele (Lamela, 78), Lukas Moura (Beyl, 82), Lo Chelso (Sissoko, 61), Son Hyon Min, Keyn.

“Manchester Yunayted”: Henderson, Lindelyof, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Pogba, Brunu Fernandesh (Matich, 90), Fred, Maktomini, Kavani, Reshford (Grinvud, 72).

Ogohlantirishlar: Maktomini (18), Kavani (41), Fred (48), Shou (67), Maguayr (70), Sissoko (90+2).

“Vest Hem” — “Lester” 3:2

Gollar: 1:0 – 29 Lingard, 2:0 – 44 Lingard, 3:0 – 48 Bouen, 3:1 – 70 Iheanacho, 3:2 – 90 Iheanacho.

“Byornli” – “Nyukasl” 1:2

Gollar: 1:0 – 18 Vidra, 1:1 – 59 Merfi, 1:2 – 64 Sen-Maksimen.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi