Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hududiga 9—10-aprel kunlari Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, havo harorati kechalari 7-12 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 21-26 daraja iliqqacha isiydi. Ushbu harorat shu kunlarning ko‘p yillik qiymatlaridan 2-3 darajaga yuqori bo‘ladi.

Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida 11-aprel, yakshanba kuni haroratning pasayishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17-22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2-3 daraja past bo‘ladi.

Shu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor insonlar uchun sharoit qanday? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma
Sport
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Cobalt avtomobillari topshirildi