Futbol bo‘yicha Pro-Liganing 3-tur bahslari 4—6-aprel kunlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Neftchi” FK

Turni “Oqtepa” va “Yangiyer” o‘rtasidagi bahs ochib berdi. Birinchi bo‘lim yakunida har jamoa vakillari bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va jamoalar mavsumdagi dastlabki ochkolarini qo‘lga kiritdi.

“Xorazm” o‘z uyida “Sho‘rtan”ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Xorazmliklar safida Ro‘zimboy Ahmedov dubl qayd etgan bo‘lsa, Temur Bekchanov va Jasur Otajonov bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu kuni “Dinamo” o‘zida “Aral” bilan kuch sinashdi. Murosasiz o‘tgan bahsda “Dinamo”ning ukrainalik legioneri Oleg Marchuk dubl qayd etdi, shuningdek, Temur Usmonov ham mehmonlar darvozasiga yo‘l topdi. “Aral”ning javob to‘plariga Nauriz Alimov va Amir Abduroziyev muallif bo‘ldi.

So‘nggi ikki o‘yin 6-aprel kuni o‘tkazildi. “Buxoro” jamoasi “Olimpik” maydonida mehmon bo‘ldi va ishonchli g‘alabani qayd etdi.

“Neftchi” va “Istiqlol” o‘rtasidagi Farg‘ona derbisida esa maydon egalarining qo‘li baland keldi. Ulug‘bek Hoshimov va Sobit Sindorov tomonida kiritilgan to‘plar “Neftchi”ga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa 3-turdan keyin “Buxoro” va “Dinamo” g‘alabali yurishini davom ettirgan holda, peshqadamlikda davom etmoqda. “Olimpik” va “Aral” mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, “Istiqlol” va “Sho‘rtan” mag‘lubiyatli seriyani davom ettirdi.

3-turdan keyin musobaqa jadvali bilan tanishing:

Foto: PFL

Pro-Liga

3-tur bahslari

4-aprel, yakshanba

“Oqtepa” — “Yangiyer” 1:1

Gollar: 0:1 – 40 Jonibek Mirzaqulov, 1:1 – 45+1 Gilyerme da Silva.

5-aprel, dushanba

“Xorazm” — “Sho‘rtan” 4:0

Gollar: 1:0 – 12 Ro‘zimboy Ahmedov, 2:0 – 21 Temur Bekchanov, 3:0 – 87, penalti Ro‘zimboy Ahmedov, 4:0 – 90+1 Jasur Otajonov.

Chetlatish: Shahboz Jo‘rayev, 86 (“Sho‘rtan”).

“Dinamo” — “Aral” 3:2

Gollar: 1:0 – 6 Oleg Marchuk, 1:1 – 10 Nauriz Alimov, 2:1 – 33 Oleg Marchuk, 3:1 – 38 Temur Usmonov, 3:2 – 68 Amir Abduroziyev.

6-aprel, seshanba

“Olimpik” — “Buxoro” 0:2

Gollar: 0:1 – 4, avtogol Behzod Shamsiyev, 0:2 – 90+2 Bobur Qosimov.

“Neftchi” — “Istiqlol” 2:0

Gollar: 1:0 – 8 Ulug‘bek Hoshimov, 2:0 – 20 Sobit Sindorov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!