Ozishga qaror qilgan kishi odatlariga o‘zgartirish kiritishi, sog‘lom ovqatlanishi va muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi kerak. Ammo ko‘pchilik buning uchun ishxonada ham ma’lum qoidalarga amal qilish kerakligini yoddan chiqarib qo‘yadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Savdo avtomatlaridan foydalanmang

Bunday avtomatlar chiroyli qomatning eng asosiy dushmani hisoblanadi. Xaridor o‘zi bilmagan holda ko‘proq narsa xarid qilib yuborishi, nafsini tiya olmasligi mumkin. Qorinning haddan ortiq ochligi sabab bunday avtomatlardan xarid qilishga majbur bo‘lib qolmaslik uchun mazali va foydali mahsulotlardan yegulik tayyorlab oling.

Stress miqdorini nazorat qiling

Stress vaqtida organizmdan metabolizmni sekinlashtirib, yog‘ni energiyaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydigan kortizol gormoni ajralib chiqadi. Stress va to‘planadigan yog‘larning bog‘liqligi shunda. Ortiqcha asabiylashmang hamda ish bilan bog‘liq muammolarni yuragingizga yaqin olmang.

Qahva o‘rniga choy iching

Ko‘k choy tarkibidagi katexin energiyaning sarflanishi hamda yog‘larning oksidlanishini jadallashtiradi. Ko‘k choy tarkibidagi kofein bilan esa katexin yanada samarali ta’sir qiladi. Kuniga bir necha marta choy ichishga harakat qiling va tez orada ijobiy o‘zgarishni sezasiz.

Piyoda yuring

Ishxonaga yo‘q deganda 2-3 bekat piyoda borish organizm uchun juda ham foydali. Nafaqat vazn tashlash, balki stressing bartaraf bo‘lishiga ham hissa qo‘shadigan sayr qilish asab tizimiga ijobiy ta’sir qiladi.