• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Saloh Benzemaga, Klopp esa yana Zidanga qarshi. Hammasi titanlar jangi — “Real” va “Liverpul” to‘qnashuvi haqida

    Yevropa futbolida yana bir mavsum o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Xususan, qit’aning eng nufuzli musobaqasi — Chempionlar Ligasida 6-aprel, chorshanba kuni 1/4 finalning ilk bahslariga start beriladi. Ko‘zi ko‘r deya ta’riflanadigan qur’a mazkur bosqichda musobaqaning 2018-yildagi finalchilari — “Real Madrid” va “Liverpul”ni yana bir-biriga qarshi qo‘ydi. Ammo eski tanishlar 3 yil oldingi bo‘lgani kabi bosh sovrin uchun bitta o‘yin emas, balki yarim final yo‘llanmasi uchun ikkita bahsdan iborat “jang”da qatnashadi. Hozir 3 yil oldingi “Real” ham, 3 yil oldingi (yoinki 1 yil oldingi) “Liverpul” ham yo‘q. Quyida jamoalarning bugungi bahsga qay holda yetib kelgani va ularning imkoniyatlari haqida hikoya qilinadi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Musobaqa yo‘li

    “Real” guruh bosqichidan chiqish uchun “Borussiya M”, “Shaxtyor D” va “Inter M” bilan kurash olib bordi. Madridliklar bu kurashda qiyinchilik bilan bo‘lsa ham g‘olib chiqdi va pley-offga birinchi o‘rin bilan yo‘l oldi. 1/8 finalda “qirollik klubi”ga Bergamoning “Atalanta”si duch keldi. Zidan shogirdlari Jan Pyero Gasperini jamoasini ikkala bahsda ham (safarda 1:0, Madridda 3:1) taslim etdi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

    “Liverpul” Madrid jamoasiga qaraganda guruh bosqichini bir muncha oson tarzda o‘tkazdi. Mersisayd jamoasi guruhda “Atalanta”, “Ayaks”, “Midtyulland” bilan kurashib, 1-pog‘ona bilan nimchorak finalga chiqdi. U yerda esa mersisaydliklar “Leypsig”ga ro‘baro‘ keldi. Yurgen Klopp jamoasi “buqalar”ni ikkala o‘yinda ham bir xil — 2:0 hisobida mag‘lub etgan holda navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    Asosiy voqeliklar

    “Real Madrid”

    1. Uzoq kutilgan Serxio Ramos va Muhammad Saloh o‘rtasidagi duel bo‘lmaydi. 1/4 finali qur’asidan so‘ng ko‘plar tilidan Ramos va Saloh tushmay qoldi. OAV ham Chempionlar Ligasi 2017/18-yilgi mavsumi finalida bo‘lgan voqeani esga sola boshladi. 3 yil oldingi final bahsida Saloh Ramos bilan kurashdan so‘ng yelkasini jarohatlab olgan va o‘yinni oxirigacha davom ettira olmagandi. Keyin esa “Liverpul” o‘yinni boy bergani muxlislar yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. O‘shanda futbol muxlislarining fikri ikki qutbga bo‘lingandi: bir tomon Ramos—Saloh to‘qnashuvini o‘yinda bo‘lib turadigan holat sifatida baholagan bo‘lsa, ikkinchi tomon Ramos Salohni ataylab safdan chiqardi degan fikrda edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘yindan oldin jurnalistlar hatto Muhammad Salohni ushbu holat bo‘yicha savolga tutishga ham ulgurdi. Misrlik futbolchi esa to‘qnashuv tarixda qolganini, hozirda faqat yangi o‘yin haqida o‘ylayotganini bildirib “qasos” haqidagi fikrlarni bir chetga surib qo‘ydi. Ramosning jarohati esa bu duel borasidagi gap-so‘zlarga umuman nuqta qo‘ydi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2. Eden Azar yana “Real”ga yordam bera olmaydi. Belgiyalik futbolchi Madridda ikkinchi yilini o‘tkazmoqda. Biroq “qaymoqranglilar”ning muxlislari ko‘z o‘ngida Azar deganda golli uzatma, gollar, aldamchi harakatlar emas, balki faqat jarohatlangan futbolchi namoyon bo‘lmoqda. 30 yoshli Eden 2020/21-yilgi mavsum “Real” safida atigi 14 ta o‘yinda qatnashdi. Zidan Azarni asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ko‘rishni istagandi, biroq fransuz mutaxassisining istagi allaqachon amalga oshmas orzudek ko‘rinmoqda. Azarning “Liverpul”ga qarshi bahsdan oldin jarohatidan forig‘ bo‘lib safga qaytgani, jamoa bilan guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etgani aytilgandi. Biroq shifokorlar uning sog‘lig‘i bilan tavakkal qilmagan ma’qul degan qarorga keldi va Azar “Real”ning “Liverpul”ga qarshi o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmadi. Qayd etish joiz, Eden faoliyati davomida “Liverpul”ga qarshi 18 marta o‘ynagan va uning statistikasi quyidagicha: 7 ta gol, 2 ta assist.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    3. Benzema qoyilmaqom holatga kirib ulgurdi. Ikkinchi mavsumdirki “Real”da tom ma’nodagi yangi jamoa qurilishi davom etmoqda. Ammo jamoa yetakchilari hamon o‘sha yaqin o‘tmishdagilardir. Xususan, himoyadagi eng ishonchli vakil — Serxio Ramos, markazda o‘sha uchburchak, ya’ni Modrich, Kroos, Kazemiro triosi. Hujumda esa 33 yoshga kirganiga qaramay faollik va sermahsullik namoyish etayotgan Karim Benzema. 2020/21-yilgi mavsumda Benzema 33 ta o‘yinda 24 ta gol urishga erishdi va madridliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Futbolchi La Ligada oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. U ortda qolgan oyda 3 ta o‘yinda 5 ta gol urdi. Fransiyalik futbolchini shunchaki to‘xtatib bo‘lmayapti. Karim ketma-ket 7 ta o‘yinda gol urdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    4. Rafael Varan o‘yinda ishtirok etmaydi. Fransiyalik himoyachida koronavirus aniqlandi. Zinedin Zidan jamoaning Ramosdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan eng ishonchli himoya vakilidan ham ayrildi. Zizu endi himoya markazini hamon ishonchni oqlamagan Eder Militao va har doim har yerda o‘ynashga tayyor bo‘lgan Nacho Fernandes tandemiga topshirishga majbur.

    “Liverpul”

    Foto: “Liverpul” FK

    Foto: “Liverpul” FK

    1. “Qizillar” o‘ziga kelmoqdami? Ortda qolgan haftada Yurgen Klopp jamoasi “Emireyts” stadionida “Arsenal”ni 3:0 hisobida tiz cho‘ktirdi. Hisob-ku o‘z yo‘liga, ammo “Liverpul”ning mazkur bahsdagi o‘yini uning avvalgi ikki mavsumdagi yorqin harakatlarini eslatib yuborgani ham rost. “To‘pchilar” ustidan qozonilgan muvaffaqiyat, “Liverpul” uchun ketma-ket 3-quruq g‘alaba bo‘ldi. Mersisaydliklar 2020-yil yozidan beri ketma-ket 3 ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan holda g‘alaba qozonmagan edi. To‘g‘ri, bu g‘alabalar orasida FIFA kunlari ham bor. Ammo baribir bunday seriya jamoaning o‘yinida sezilarli darajada oldinga siljish bo‘lganligini ham ko‘rsatadi. So‘nggi vaqtlarda Trent Aleksander-Arnoldning samaradorligi tushib ketgani aytildi. Buning ortidan Garet Sautgeyt futbolchini FIFA kunlarida Angliya milliy terma jamoasiga ham jalb etmadi. Bunga javoban Trent “Arsenal”ga qarshi qoyilmaqom o‘yin o‘tkazdi. 22 yoshli Trent mazkur bahsdagi golli uzatmasi orqali Maykl Ouen, Robbi Fauler kabi yulduz futbolchilarning “Liverpul”da qayd etgan natijasini takrorladi. Gap shundaki, endi mazkur uchala futbolchining hisobida 30 tadan golli uzatma bor. Farq shuki, Ouen bu natijaga erishish uchun 216 ta, Fauler esa 266 ta o‘yinda ishtirok etgan. Aleksander-Arnoldga esa 121 ta o‘yin kifoya qildi. Bir so‘z bilan aytganda Trent yana trendda!

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2. Diogu Jota ham katta futbolni sog‘inib qoldi. Portugaliyalik hujumchi 3 oy davomida jarohatini davolatdi. Va safga qaytishi bilan qisqa fursatda o‘zining optimal formasini ham tiklab oldi. Jota safga qaytgach sobiq jamoasi “Vulverhempton”ga qarshi bahsda “Liverpul”ning yagona g‘alaba goliga mualliflik qildi. Keyin esa Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga borib qo‘shildi. JCh—2022 saralashi doirasida Serbiyaga qarshi bahsda dublga erishdi. Eng qizig‘i, 178 santimetr bo‘yga ega futbolchi ikkala golini ham boshi bilan urdi. 24 yoshli Jota “Arsenal”ga qarshi bahsda ham o‘ta faol va samarali o‘ynadi. Uning o‘yindagi hisobni ochuvchi goliga esa aynan tepadagi qahramon Trent assistentlik qildi. O‘yinga yakuniy nuqtani ham Jotaning o‘zi qo‘ydi.

    Taxminiy tarkiblar

    “Real Madrid”: Tibo Kurtua, Lukas Vaskes, Nacho, Eder Militao, Ferlan Mendi, Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Vinisius Junior, Karim Benzema, Marko Asensio.

    “Liverpul”: Alisson, Endryu Robertson, O‘zan Kabak, Nataniel Fillips, Trent Aleksander-Arnold, Tiago Alkantara, Fabinyo, Jorjinyo Veynaldum, Muhammad Saloh, Diogu Jota, Sadio Mane.

    O‘yinni aniq o‘tkazib yuboradigan futbolchilar

    “Real”: Serxio Ramos, Dani Karvaxal, Rafael Varan, Eden Azar.

    “Liverpul”: Jo Gomes, Jordan Henderson, Joel Matip, Divok Origi, Virjil van Deyk.

    Faktlar:
    • “Liverpul”ning Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 12 ta o‘yinidan 11 tasida 3 tadan kam gol urilgan.
    • “Liverpul” Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 9 ta o‘yindan 7 tasida gol o‘tkazmadi.
    • “Real” Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 6 ta o‘yindan 5 tasidan g‘alaba qozondi.
    • “Real”—“Liverpul” qarama-qarshiligidagi so‘nggi 3 ta o‘yinda madridliklar g‘alaba qozongan.
    Jamoalarning so‘nggi 10 ta o‘yindagi statistikasi:

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Murabbiylar fikri:

    Foto: AS

    Foto: AS
    Bu jon saqlash uchun kechadigan bahs bo‘lib, 180 daqiqa yoki undan ham ko‘proq davom etishi mumkin. Biz nimani kutishni bilamiz, lekin hozir faqat bo‘lajak bahsga e’tibor qaratamiz, boshqa narsaga emas. Bu mavsumning eng muhim o‘yinidir. Oldingi yildagi finalni eslamaymiz.

    “Liverpul” — benuqson jamoa. U juda kuchli hujumga ega va umuman olganda, uni qiyin raqib deyish mumkin. “Liverpul” yaxshi jamoaviy futbol namoyish etmoqda. Har ikkala tomonda ham jarohatlangan o‘yinchilar bor, ammo bu futbolning bir qismidir. Kuch jamoaviy o‘yindan kelib chiqadi.

    Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Bu juda hayajonli. Juda murakkab qur’a bo‘ldi, ammo meni barcha narsa qoniqtirmoqda. Chunki boshqa jamoalar ham juda kuchli.

    Ushbu uchrashuvlarni chindan ham intiqlik bilan kutyapman. So‘nggi uchrashganimizdan atigi ikki yil o‘tdi va bu biz uchun qiyin kecha bo‘lgandi, shuning uchun ularga qarshi yana maydonga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritish — juda zo‘r.

    Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi

    Demak, o‘tkazib yubormang! “Real”—“Liverpul” uchrashuvi 00:00 da boshlanadi. O‘yindagi gollarni bu yerda tomosha qilib borish mumkin — video.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    06.04.2021, 21:16   Izoh (0)   21773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rafael Varanda koronavirus aniqlandi. “Real” “Liverpul” va “Barselona”ga qarshi o‘yinlar oldidan asosiy himoyachilarisiz qoldi

    06.04.2021, 17:50

    Mirjalol Qosimov: “Al-G‘arafa” — kuchli raqib, biroq biz bu jamoadan qo‘rqmaymiz

    06.04.2021, 17:18

    Messi “Valyadolid”ga qarshi o‘yin hakami haqida: “U menga kartochka ko‘rsatish uchun payt poylayapti. Aqlbovar qilmaydi”

    06.04.2021, 16:16

    Superliganing 5-turiga hakamlar tayinlandi. Turning 3 ta o‘yinida VAR tizimi ishlaydi

    06.04.2021, 14:00

    Valyadolid meri “Barselona”ga qarshi o‘yindagi qizil kartochka haqida: “Haqiqiy o‘g‘rilik, aqlga sig‘mas sharmandalik”

    06.04.2021, 12:01

    Yurgen Klopp: Madridga “Real”dan qasos olish uchun kelmadik

    06.04.2021, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.