“Sado” guruhi yakkaxoni Akbar Atamuhammedov 5-aprel — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni munosabati bilan, ularga atab qo‘shiq kuylab, unga klip suratga oldirdi.

Foto: Instagram / @akbarsado

Qo‘shiqchi sahifasida yangi ijod namunasini, mamlakatda tinchlikni ta’minlash yo‘lida o‘zini qurbon qilishga tayyor, kunni kun, tunni tun demay xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga bag‘ishlaganini ta’kidlagan.

Otabek Umarov ham mazkur videoni o‘z sahifasida ulashgan. Uni hozirgacha 1 272 574 ta foydalanuvchi tomosha qilgan.

“Bizning tinchligimiz va chegaralarimiz daxlsizligini qo‘riqlaydigan insonlar 5-aprel kuni o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlaydi. Bugun ham sizlarning zich ish jadvalingizda biror narsa o‘zgarmasligi ehtimoldan yiroq emas, chunki xizmat sizni dam olish kunlari yoki tanaffuslar bilan siylamaydi. Ammo biz – sizning fidoyiligingiz tufayli tinchlik va osoyishtalikda yashaydiganlar sizni doimo esda tutamiz, siz uchun duo qilamiz va mashaqqatli ishlaringizda omad tilaymiz. Do‘stlar va hamkasblar, Davlat xavfsizlik xizmati kuni muborak”, — deb yozib yozib qoldirgan Otabek Umarov.