Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda emlash 3 ta bosqichda amalga oshirilishi ta’kidlandi. Bu haqda Aziza Qurbonova o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Shu vaqtgacha Hindistondan (yana 2 million doza may–iyun oylarida keltiriladi) 660 ming doza vaksina olib kelindi. Bundan tashqari, Xitoydan 1 million doza sotib olindi. Xitoy va Rossiyadan yana vaksinalar sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzilyapti.

Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi.

“Xavf oldimizda yuribdi. 300-400 talab mehmonlar bilan to‘ylar o‘tkazilyapti. Koronavirusga qarshi kurash shtablarini ishini yana qayta tashkil qilishimiz shart. Hammasini boshidan boshlab, oraliq masofa, niqob taqish, antiseptikdan foydalanish kabi tadbirlarning ahamiyati qanchalik muhimligini aholiga tushuntirish ishlarini kuchaytirish kerak. Agar vaqtni boy bersak, yangidan ish boshlamasak, ahvol yaxshi bo‘lmaydi”, – deydi Prezident.