Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro musobaqaning ikkinchi turida 27-mart, shanba kuni Ukrainaga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Uchrashuvning 31-daqiqasida ukrainaliklar vakili Volodimir Brayko penaltini aniq amalga oshirgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi. Bunga o‘zbekistonliklar ikkinchi bo‘lim debyutida Doniyor Abdumannopovning goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi jamoa birinchi turda Slovakiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Keyingi o‘yinni o‘zbekistonlik yoshlar 29-mart kuni Qozog‘istonga qarshi o‘tkazadi.

“Antalya Cup—2021”

2-tur bahsi

27-mart, shanba

Ukraina U-22 — O‘zbekiston U-22 1:1

Gollar: 1:0 – 31, penalti Brayko, 1:1 – 50 Abdumannopov.

O‘zbekiston U-22: Azizxon Isoqov, Dilshodjon Komilov, Jasurbek Yoqubov, Javohir Alijonov, Husniddin Aliqulov, Suhrob Izzatov, Boburjon Asqarov, Abdulazizxon Abdurashidov, Asadbek Sobirjonov, Shohruhbek Abdurahmonov, Mozgovoy Akmal.

Zaxira: Vladimir Vagin, Umid Ergashev, Jasur Jaloliddinov, Doniyor Abdumannopov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Rasul Yo‘ldoshev, Shahzod Azmiddinov, Abdug‘ani Kamolov, Anvar Jo‘rayev, Mahmud Qudratullayev, Kamron Saidazimov, Bek Abdullayev, Shohmalik Komilov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi