Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda “Toshkent shahar suv ta’minoti” direktori o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i 3 million so‘m pora olayotganda ushlandi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: IVV

Foto: IVV

Qayd etilishicha, 16-mart kuni IIVga fuqaro A.E. ariza bilan murojaat qilgan. U tadbirkorlik qilish maqsadida Yunusobod tumani Markaz-6 dagi bekatni ijaraga olgan va bekatga o‘tgan suv quvuriga ulanib, hisoblagich o‘rnatgan va hujjatlashtirish uchun Toshkent shahar “Suvsoz” boshqarmasiga murojaat qilgan.

Korxonaning M. ismli xodimi suv quvurini o‘zboshimchalik bilan ulaganini ro‘kach qilib, jarimaga tortmaslik evaziga 3 million so‘m berishini talab qilayotganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ bo‘lim boshlig‘i H.M. Toshkent shahar Uchtepa hokimligi yaqinida ariza muallifi A.E. dan 3 million so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushlangan shaxs ushbu pullarni “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ direktor o‘rinbosari P.R.ning topshirig‘iga asosan olganini va pullarning bir qismini unga berishi lozimligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, 17-mart kuni tezkor tadbir davom ettirilib, P.R. xizmat xonasida H.M.dan 3 million so‘m miqdoridagi pullardan, 1 million 800 ming so‘mini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 17 mart kuni Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi (bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, P.R. va H.M. Jinoyat protsessual kodeksning 224-moddasi tartibida ushlanganlar. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sud tomonidan ular 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan aybdor deb topilsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Bundan avval Toshkent viloyatida avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishni so‘rab, YPX xodimiga 5 mln so‘m pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olingani, Navoiyda tadbirkorga tegishli yerni 150 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlangani hamda Samarqandda fuqaroni “ayollar daftari”ga kiritish uchun 500 dollar talab qilgan mahalla raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)