Prezident Chirchiq shahriga tashrifi chog‘ida “Iftixor” mahallasini kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Chirchiq bir paytlar dong‘i ketgan shahar edi. Oxirgi vaqtlarda ancha ‘charchab’ qolgandi. Tegirmon navbati bilan, degandek, endi bu yerda ham hamma sharoitlarni yaratamiz. Sanoatni ko‘tarish, ish joylari ochish, yo‘lni, issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha katta ishlarni boshlayapmiz”, – dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini so‘radi. Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yigitga yer ajratish bo‘yicha shahar hokimiga ko‘rsatma berdi. Prezidentni ko‘rishni orzu qilib, davlat rahbari oldiga chiqqan bolani bag‘riga bosib, suratga tushdi.
Prezident shu yerdagi “Lola” mahallasida ham bo‘ldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol so‘radi.
Yo‘l-yo‘lakay mehnat faxriylari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalik, Chirchiq shahridagi o‘zgarishlardan mamnun ekanini aytib, duolar qildi.
Mavzuga doir:
- “Ekishdan oldin sotishni o‘ylash kerak. Yerni tadbirkorga berish zarur” — Shavkat Mirziyoyev
- “Toshkent viloyatiga 119 trln so‘m yo‘naltiriladi. Hali hech bir viloyatda bunday marra olinmagan” — Prezident
- “Adolatli haqiqatni xalqimizga yetkazib berasizlar, men sizlarga ishonaman” – Shavkat Mirziyoyev OAV vakillari bilan uchrashdi
- Shavkat Mirziyoyev sholi yetishtirib, uni qayta ishlaydigan “TST Rice” korxonasi bilan tanishdi
- “Chirchiqni innovatsion, investitsion shahar qilish mumkin”. Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi qurilish ishlari bilan tanishdi
Izoh (0)