Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda Islom inqilobi soqchilari korpusining (IISK) yangi harbiy dengiz raketa bazasining ochilish marosimi bo‘ldi, yangi qurol-aslahalar namoyish etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Ko‘plab qanotli raketalar, ballistik raketalar va turli masofadagi raketa tizimlari ko‘rsatildi. Marosimda maxsus rivojlangan imkoniyatlarga ega raketa tizimlari va uskunalari namoyish etildi... Shuningdek, dengiz harbiy kuchlari ‘elektron urushlar’ning oldini olish vositalariga o‘tkazildi, bu esa birgalikda dengiz flotining potensialini oshiradi”, — deb xabar berdi IRINN telekanali.

Ta’kidlanishicha, barcha jihozlar eronlik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Tadbirda IISK qo‘mondoni Hussayn Salami, IISK dengiz qo‘mondoni Alireza Tangsiri va va Eron qurolli kuchlarining boshqa yuqori martabali amaldorlari qatnashdi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning boshida Eron Fordodagi yadro obyektida uranni 20 foizgacha boyitish jarayonini boshladi. Mamlakat hukumati bunday urandan yiliga kamida 120 kilogramm ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Tehronda qayd etishlaricha, Xalqaro yadro energetikasi agentligini allaqachon o‘z rejalari haqida xabardor qilishgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Eronga qarshi sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Bayden, shuningdek, AQShda Bill Klinton prezidentligi davrida Tehronga qarshi e’lon qilingan “favqulodda holat”ni 2021-yil 15-martgacha uzaytiradi, chunki Vashingtonning fikriga ko‘ra, Eronning harakatlari “AQShning milliy xavfsizligi, xalqaro siyosati va iqtisodiyotiga tahdid solishda davom etmoqda”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)