Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sport poyabzallari anchadan beri faqatgina sport uchun kiyilmaydi. Qulayligi uchun ham ularni turli xil ko‘ylak, yubka va shimlar bilan uyg‘unlashtirilganini ko‘rish mumkin. Ammo bu krossovkalar har qanday kiyim bilan moslashaveradi, degani emas. Bu borada ham moda olamida o‘ziga yarasha qonun-qoidalar mavjud.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Yorqin rangdagi liboslar bilan oq krossovkalar doim ham mos kelmaydi. Ko‘ylakning o‘ta yorqin rangi yaqqol sezilib qolishi mumkin. Shunga qaramay, yorqin rangdagi liboslarni xush ko‘ruvchilar ko‘ylak ranglariga mos ravishda krossovkalar tanlaydi va ular mukammal uyg‘unlikni hosil etadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Agar tanlangan libos vizual ravishda tor bo‘lsa hamda qomat bo‘ylab yopishib tursa, u holda qalin va katta hajmdagi krossovkalar yordamga keladi. Ular tabiiy ravishda oyoqni uzun va ingichka ko‘rsatadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Rang borasida ham xuddi yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish zarur. Krossovka rangi libosning ayrim elementi yoki bo‘lmasa, sumka rangiga mos kelishi kerak. Shundagina har qanday kombinatsiya ajoyib ko‘rinadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Krossovkalarning afzalligi shundaki, u bahor va yoz uchun mo‘ljallangan ko‘ylaklar uchun ham mos keladi. Ayniqsa, issiq mavsumda har qanday yorqin rangli ko‘ylak bilan oq rangdagi ixcham krossovkalar kiyish tavsiya etiladi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Biroz kalta, ammo etagi keng shifon yoki shunga o‘xshash matoli liboslar uchun ham tag qismi qalin krossovka yaxshi ko‘rinish hosil qiladi. Ular bo‘yni baland ko‘rsatishi bilan birga, qomatdagi muvozanatni ham bir xilda namoyon qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi