Avstraliyaning shimoli-sharqiy qismida Niron tropik sikloni ko‘tarildi, natijada 40 mingdan ortiq uy elektr energiyasidan uzilib qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Siklon mahalliy vaqt bilan 05:00 da shimoliy Kerns hududida ko‘tarildi. Kuchli shamol daraxtlarni qulatib, elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetkazdi.
Natijada Taunsvill atrofidagi bir nechta binolar vayron bo‘ldi. Herbert vodiysida joylashgan Lusinda, Galifaks, Maknad va Kordeliya qishloqlarining asosiy yo‘llari toshqin tufayli berkilib qoldi.
Shamolning tezligi 38 metr/soniyaga yetdi, yog‘ingarchilik miqdori 250 millimetrdan oshdi. Siklon Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘idan shimolga qarab davom etishi kutilmoqda.
Mavzuga doir:
- Olimlar Atlantika okeanidagi iliq dengiz oqimi tezligining rekord darajada pasayganini aniqladi
- AQShda sovuqdan vafot etgan bolaning oilasi sudga 100 mln dollarlik da’vo kiritdi
- Saudiya Arabistoniga avval qor yog‘di, so‘ng uning ustini qum qopladi. Endilikda u xuddi eskimo muzqaymog‘iga o‘xshab qolgan (video)
Izoh (0)