Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 6-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Goal

“Barselona” safarda “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Lionel Messining uzatmasidan keyin Xordi Alba darvozani aniq nishonga olib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalariga kelib Ilaysh Moriba “Barselona” safidagi debyut golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:2.

Mazkur g‘alabadan keyin “Barselona” ochkolarini 56 taga yetkazib oldi va ikkita zaxira o‘yiniga ega peshqadam “Atletiko”dan 2 ochko ortda qolmoqda. “Osasuna” (28) esa 13-pog‘onadan joy olgan.

“Osasuna” — “Barselona” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

La Liga

26-tur bahslari

6-mart, shanba

“Osasuna” — “Barselona” 0:2

Gollar: 0:1 – 30 Alba, 0:2 – 83 Moriba.

“Osasuna”: Errera, Sanches, Vidal, Aridane, David Garsiya, Torro (Oyer Sanxurxo, 84), Monkayola, Ruben Garsiya (Adrian, 70), Roberto Torres (Galego, 84), Barxa (Xoni Rodriges, 62), Kalyeri (Budimir, 71).

“Barselona”: ter Shtegen, Mingesa, Umtiti (Dembele, 46), Alba (Firpo, 87), Dest, de Yong, Buskets (Moriba, 67), Pedri (Puch, 87), Langle, Grizmann (Breytueyt, 67), Messi.

Ogohlantirishlar: Umtiti (26), Firpo (88).

“Elche” — “Sevilya” 2:1

Gollar: 1:0 – 70 Guti, 2:0 – 76 Karrilo, 2:1 – 90 de Yong.

“Valyadolid” — “Xetafe” 2:1

Gollar: 1:0 – 14 Plano, 2:0 – 24 Veysman, 2:1 – 37 Mata.

“Kadis” — “Eybar” 1:0

Gol: 1:0 – 40 Negredo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!