Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 27-turida “Arsenal” 6-mart, kuni “Byornli” maydonida safar qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Pyer-Emerik Obameyang londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari 39-daqiqada Kris Vudning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim to‘liq “kanonirlar” tomonidan bo‘ldi, ayniqsa so‘nggi daqiqalarda mehmonlar qator imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Shu tariqa hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

“Arsenal” 38 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda, “Byornli” (30) esa 16-pog‘onadan joy olgan

“Byornli” — “Arsenal” uchrashuvidagi gollarni bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

APL

27-tur bahsi

6-mart, shanba

“Byornli” — “Arsenal” 1:1

Gollar: 0:1 – 6 Obameyang, 1:1 – 39 Vud.

“Byornli”: Poup, Teylor (Piters, 63), Mi, Tarkovski, Louton, Gudmundsson (Breydi, 68), Braunhill, Vestvud, Maknil, Vidra (Rodriges, 86), Vud.

“Arsenal”: Leno, David Luiz, Mari, Chembers, Tirni, Saka, Parti (Sebalyos, 80), Jaka, Edegor (Lyakazett, 63), Villian (Pepe, 69), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Saka (55), Piters (71).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!