Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab, cho‘kib ketgan yigit jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi online”.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumaniga qarashli Bo‘tqachi qishlog‘ida yashovchi 17 yoshli A.A. 2020-yilning 22-dekabr kuni o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab cho‘kib ketgan.

Bu holat yuzasidan mahalliy hokimlik idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uzoq muddat davomida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Qidiruv ishlari viloyatning o‘nta tumani hududi bo‘ylab amalga oshirildi.

“Kuni kecha bu yigitning murdasi topildi. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanmoqda”, – deydi Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov.

Avvalroq prokuratura ushbu suvga cho‘kib o‘lgani taxmin qilinayotgan bola haqida ma’lumot bergandi.

Bundan avval Andijonda joniga qasd qilgan nabirasini qutqarish uchun o‘zini kanalga tashlagan otaxonning jasadi 9 kun o‘tib topilgani hamda Andijonda 65 yoshli erkak va uning 18 yoshli nabirasi kanalga cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.