Avstraliyaning Vullongong shahrida juda g‘alati voqea yuz berdi. Unga ko‘ra, mahalliy plyaj yaqinidagi qarag‘ay daraxtida uch kishilik qora divan paydo bo‘lgan, deb yozadi Meduza.

Foto: “intex-press.by”

Unda dam olishning iloji yo‘q, sababi divan, taxminan, 25 metr balandlikda – deyarli daraxtning eng tepasida. Divanning qanday qilib tepaga chiqib qolgani va kim bunday balandlikka ko‘targanini hech kim bilmaydi, guvohlar ham topilmagan.

Foto: Meduza

Divan maxsus ko‘targich yordamida olib tashlangan, qarag‘ayga esa zarar yetmagan. Vullongong ma’murlari divan egalari haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishishga va buni shunchaki qoldirib ketmaslikka va’da bergan.