Hukumatning 2-martdagi qarori bilan Qurbon Tursunov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qurbon Tursunov “Issiqlik manbai” DUK direktori, “Buxoro viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi” boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 5-iyuldan beri rahbarlik qilgan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay tegishli xulosa chiqarmagani uchun 2021-yilning yanvarida egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rniga qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sherzod Hidoyatov tayinlangandi.