• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri ishdan olindi, avtoyo‘llar bo‘yicha qo‘mita raisi hayfsan oldi, qurilish vaziri ogohlantirildi

    Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov davlat rahbarining ko‘rsatmasi bilan 4-yanvar, dushanba kuni Vazirlar Mahkamasida 2020-yil yakunlari va 2021-yil ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Tadbirda bosh vazir o‘rinbosarlari, maslahatchilar, shuningdek, vazirliklar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari ishtirok etgan. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha rahbar Ochilboy Ramatovning hisoboti ko‘rib chiqilgan.

    Kompleks tarkibiga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Transport vazirligi (uning tarkibiga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi kiradi), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports kompaniyalari, “O‘zbekiston temiryo‘llari”, “O‘zsanoatqurilishmateriallari”, “Toshshahartransxizmat”, “O‘zshahar qurilish invest” va boshqalar kiradi.

    Muzaffar Soliyev.

    Muzaffar Soliyev.
    Foto: “Daryo”

    “Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, tanqidiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha Prezidentga ma’lumot taqdim etilgan. Shunga asoslanib, davlat rahbari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyevni ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay tegishli xulosa chiqarmagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Prezident, shuningdek, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyevga hayfsan e’lon qildi, qurilish vaziri Botir Zokirovga ogohlantirish berdi.

    Abdurahmon Abduvaliyev.

    Abdurahmon Abduvaliyev.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Abdurahmon Abduvaliyevga ishdagi kamchiliklarni olti oy ichida bartaraf etish topshirilgan. Aks holda uninig egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

    16-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qish mavsumiga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tanqidiy tahlil qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazgandi. Unda davlat rahbari vazirlik va tarmoq rahbarlarini, shu jumladan, Muzaffar Soliyevni tanqid qilgan, deb yozmoqda yig‘ilishni kuzatgan “Gazeta.uz”.

    Botir Zokirov.

    Botir Zokirov.
    Foto: “Daryo”

    Nashrning yozishicha, Prezident Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida qanday savol va muammolari borligini so‘ragan. Muzaffar Soliyev Toshkent viloyatining uchta tumanida isitish bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, ammo ular bir hafta ichida bartaraf etilishiga ishontirgan. Shavkat Mirziyoyev tayyorgarlik yil boshidanoq amalga oshirilayotganiga qaramay, nega ish o‘z vaqtida yakunlanmaganini so‘ragan.

    “Biz qozonxonani ta’mirladik, ammo uning ostidagi quvur chirigan bo‘lib chiqdi... Quvurlar uzoq vaqt davomida almashtirilmagan... Mablag‘ ajratildi, tez kunlarda muammolarni hal qilamiz”, — deb javob bergan endilikda sobiq vazir Muzaffar Soliyev.

    Muzaffar Soliyev (1975-yilda tug‘ilgan) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2017-yil 5-iyuldan beri rahbarlik qilgan. Unga qadar mudofaa vazirining front orti va kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari (2010—2015-yillar), so‘ngra mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari (2015—2017-yillar) lavozimlarida ishlagan.

    “Kun.uz”ning ma’lum qilishicha, transport vaziri o‘rinbosari Davron Dehqonov ham lavozimidan ozod etilgan.

    Davron Dehqonov.

    Davron Dehqonov.
    Foto: “Daryo”

    Davron Dehqonov muqaddam O‘zbekiston avtomobil transporti agentligiga rahbarlik qilgan, 2019-yil fevralida ushbu agentlik negizida Transport vazirligi tashkil etilgach, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    06.01.2021, 14:30   Izoh (0)   37001
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YHXBB jarimalar, YTHlar, yopilgan yo‘llar haqida ma’lumot beradigan mobil dasturni ishga tushiradi

    06.01.2021, 14:07

    “Mahalliy kengash budjetni tasdiqlab beruvchi emas, balki budjetni ijroga yo‘naltiruvchi organga aylanishi kun talabidir” — Tanzila Norboyeva

    06.01.2021, 12:41

    Foto: Qarshida ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash oqibatlari

    06.01.2021, 12:31

    Tanzila Norboyeva: “Hokimlar sarflab bo‘lingan budjetni tasdiqqa olib kiryapti, bu noto‘g‘ri!”

    06.01.2021, 12:05

    “Mana, bir yil o‘tdi, endi xalqning oldiga chiqish kerak”. Senat raisi Tanzila Norboyeva deputatlarga topshiriq berdi

    06.01.2021, 11:33

    “To‘ra Bobolov, ‘tupoy’ xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik”. Surxondaryoda hokimlik saytlari xakerlar hujumiga uchradi

    06.01.2021, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.