Sirdaryo viloyati, Guliston tumani “Beshbuloq” mahallasidagi xonadonlarning birida ikki boshli buzoqcha tug‘ildi, deb xabar bermoqda “Sirdaryo xabarlari” nashri.

Foto: “Sirdaryo xabarlari”

Xabarga ko‘ra, bu kabi noyob hodisa mazkur mahallada avval sodir bo‘lmagan. Shu bilan birga, 28-fevral kuni erta tongda tug‘ilgan ushbu buzoqcha uzoq vaqt yashay olmagan.

Foto: “Sirdaryo xabarlari”

Avvalroq Samarqandda “qanotli” buzoqcha tug‘ilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning martida Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 6 oyoqli buzoq, 2014-yil Jizzaxda esa 5 oyoqli qo‘zichoq tug‘ilgan edi.