Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 26-turida “Tottenhem” o‘z maydonida 28-fevral, yakshanba kuni “Byornli”ni qabul qildi.
Bellashuvda mehmonlar darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritildi. Gollar shousi Garet Beylning 2-daqiqadagi goli bilan boshlandi. Ikkinchi golga 15-daqiqada Harri Keyn mualliflik qildi. 31-daqiqada Lukas Moura hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Garet Beyl o‘zining dublini 55-daqiqada rasmiylashtirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Joze Mourinyo qo‘l ostidagi “shporlar” ochkolar sonini 39 taga yetkazib, turnir jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda. “Byornli” esa 28 ochko bilan 15-o‘rinni band qilib turibdi.
APL
26-tur bahslari
28-fevral, yakshanba
“Tottenhem”—“Byornli” 4:0
Gollar; 1:0 – 2 Beyl, 2:0 – 15 Keyn, 3:0 – 31 Lukas Moura, 4:0 – 55 Beyl.
“Tottenhem”: Lyoris, Alderveyreld, Regilon, Orye (Doerti, 81), Sanches, Ndombele, Lukas Moura (Alli, 66), Son Hyon Min, Hyoyberg, Beyl (Lamela, 70), Keyn.
“Byornli”: Poup, Mi, Louton, Tarkovski, Teylor, Braunhill, Kork (Stivens, 81), Vestvud, Maknil, Vidra (Vud, 73), Rodriges (Richardson, 88).
“Kristal Pelas”—“Fulhem” 0:0
Izoh (0)