Noqulay ob-havo sharoiti sababli 25-fevral sanasidagi Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda “Toshkent” avtovokzali matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi

Avtovokzal ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslar Toshkentdan 17 yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Nukus, Urganch va boshqa shaharlarga qatnaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni avtovokzalning (71) 207-87-00 telefon raqami orqali olish mumkin.

Avvalroq “O‘zgidromet” 25-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turishi, harorat kechasi 7-9 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo‘lishini ma’lum qilgandi.