Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Toni Fergyuson (25-5) navbatdagi jangini Maykl Chendlerga (22-5) qarshi o‘tkazadi.

Foto: Twitter

Xabar qilinishicha, bu jang Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan UFC kechasining asosiy voqeasi bo‘ladi.

Hozircha shartnoma imzolanmagan, biroq sportchilar jangga rozilik bergan.

Toni UFC’dagi so‘nggi ikki jangida mag‘lubiyatga uchradi. 2020-yilning may oyida yengil divizion vaqtinchalik kamari uchun kechgan jangda Jastin Getjiga yutqazgan yakkakurashchi dekabrda Charlz Oliveyraga taslim bo‘ldi.

Bellator’ning ko‘p karra chempioni Chendler esa 2021-yilning yanvarida UFC’dagi debyut jangida yengil divizion yetakchilaridan biri Den Hukerni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.