Onefootball Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘llanma olgan jamoalar futbolchilarining mamlakatlar tasnifi bo‘yicha ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Foto: Twitter

Unga ko‘ra, nimchorak final ishtirokchilari orasida eng ko‘p futbolchi Germaniyadan bo‘ldi — 58 nafar. Keyingi o‘rindan Ispaniya (57) joy olgan bo‘lsa, Fransiya (42) kuchli uchlikka yakun yasadi.

Top-15 likdan Yevropadan bo‘lmagan uchta mamlakat joy oldi — Braziliya (34), Argentina (17) va AQSh (9).

Qayd etish kerak, musobaqa 1/8 finalida jami 59 mamlakatdan futbolchilar ishtirok etmoqda.

Quyidagi suratda umumiy ro‘yxat bilan tanishing:

Foto: Onefootball

Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasi 1/8 finalida Germaniyadan 4 ta, Ispaniyadan 4 ta, Angliyadan 3 ta, Italiyadan 3 ta, Fransiya va Portugaliyadan bittadan jamoa ishtirok etmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!