• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bolaning o‘qishga kirishi maktabning bo‘ynida emas” — Rasul Kusherbayev

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev “Yangiyo‘lliklar TV” loyihasiga bergan intervyusida OTMga kira olmagan o‘quvchilari sababli maktab direktorlarining ishdan olinishiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Maktablar o‘z ishini qilishi kerak. Shu standartlar bo‘yicha belgilangan ta’limni berishi kerak. U o‘qishga kiradimi, kirmaydimi, hayotga tayyorlanadimi — bu maktabning bo‘ynidagi narsa emas. Biz endi kechirib qo‘yasiz-u, hamma narsani maktabga qo‘yaversak, bu nimadan dalolat? Ya’ni boshqaruvda, strategiyani tanlashda nimanidir xato qilganmizda, endi bugun bolalar o‘qishga kira olmasa, biz maktablarni ayblayapmiz. Vaholanki, u ta’lim standartlarini, bunaqa yo‘l, qonun-qoidalarni ishlab chiqayotgan maktab emas. U bor-yo‘g‘i bitta ijrochi. Biz o‘qituvchini boshiga uryapmiz. U bechora darsini bersin qo‘ldan kelgancha…”, — dedi Rasul Kusherbayev.

    Deputatning fikriga ko‘ra, OTMlarga kirishda bolaning xohishi va intilishlari ham inobatga olinishi kerak.

    “U bolada xohish bo‘lmasa o‘qishga, intilish bo‘lmasa, u bola psixologik bosim ostida turgan bo‘lsa, ya’ni yon-atrofda bo‘layotgan ishlarni ko‘rib, korrupsiya holatlarini ko‘rib, davlat ishida ishlayotgan yoki ‘mediklar’ni ko‘rib kelyapmiz, arzimagan pulga ishlaydi, ularning arzimagan olayotgan oyliklarini ko‘rib, umuman, o‘qishni xohlamayotgan bo‘lsa-chi? Men o‘qimayman, men faqat biznes, tadbirkorlik qilib, pul topishni xohlayman desa, yoki ota-onasi qaysi yo‘l orqali yashayapti, ota-onasi o‘qimasdan turib, tadbirkorlik bilan pul topayotgandir, balki. O‘sha narsaga qiziqishi bo‘lib, [o‘qishga] kirishni xohlamasa-da, ya’ni davomiy o‘qish fikridan qaytayotgan bo‘lsa ham biz o‘qituvchini ayblaymizmi? Seni aybing bilan, endi sen ketasan deb?”, — deya ta’kidladi deputat.

    “Bu byurokratiyaning bitta usuliga o‘xshagan narsa, demagogiya va boshqaruvga noqobil bo‘lgan yoki shuni eplolmagan odamlarni qo‘yadigan talabi shunaqa bo‘ladi. Qachonki bilim yetmasa, mahorat yetmasa, diplomatik madaniyat yetmasa boshqarishga, ularda faqat baqirish, qo‘rqitish, mana shunday zug‘um qilish orqali boshqarishga o‘tiladi. Bu ham xuddi shunga o‘xshagan narsa. Uni nima aybi bor? U o‘z vaqtida agar sifatli ta’limni bermayotgan bo‘lsa, nimaga sen oylik berding bo‘lmasa, o‘sha paytda? U ishini bajarmagan bo‘lsa? O‘sha paytda norizo bo‘lsa, kelib, ‘og‘ayni, berolmayapsan bilimni’, deb o‘sha payt to‘xtatgin edi. U bajarib keldi-ku, sen shuni bajargansan deb oylik berib kelyapsan. Shu paytgacha ishdan bo‘shatolmading uni. Sen rozisan uni ishidan”, — dedi Rasul Kusherbayev.

    Qonunchilik palatasi deputatining ta’kidlashicha, o‘quvchilarning o‘qishga kirishi oiladagi muhit, dunyoqarash va olgan bilimini qanchalik o‘ziga singdira olishiga bog‘liq bo‘ladi.

    “Kirolmasa endi, unda [o‘qituvchida] nima ayb ? Yoki o‘zi dangasa bo‘lsa u bola, o‘qishni xohlamasa, ya’ni boshqa odamni qilishi kerak bo‘lgan o‘zidagi mas’uliyat, harakati uchun, boshqa odamni javobgar qilib bo‘lmaydi. Agar shu uchun meni ishdan bo‘shatadigan bo‘lsa, men sudlashaman u bilan. Keltirib ber, men Mehnat kodeksining qaysi talabini buzdim? Yoki mehnat shartnomasining qaysi talabini buzdim? Uni men kirgizmasdan, nimadir (qarshilik — tahr.) qilganim yo‘q. Unga hamma sharoitni qilib berdim-ku, maktab davrida. Yo unga nima, vaqtida o‘qituvchi bilan ta’minlab bermadimmi, o‘qitmadimmi? Yoki boshqa qilmadimmi? Hammasini qilib bergan bo‘lsam, uning kallasiga kirmagan, kallasiga men kirib chiqmayapman-ku”, — dedi u.

    Bundan tashqari, Rasul Kusherbayev so‘zlariga ko‘ra, qonunni yaxshi biladigan odam ushbu holatlar bo‘yicha ishdan olinganida, xotirjam yurib, so‘ng sudlashishi mumkin.

    “Sudda yutib chiqadida, ‘bo‘ldi og‘ayni, bundan keyin xohlasang 10 ta yangicha yondashuvlar qilmaysanmi, men o‘zim qonun oldida javob beraman’. Qonun yuqori turadi, qaror, boshqa narsalardan. Qonun faqat konstitutsiyadan bitta past turadi. Kodeks bu qonun, qonundan keyin turadi vazirlik idoralar, buyruq, qaror va hokazo. Ana shunday darajaga chiqishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 14-noyabr kuni Qarshi shahrida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligidagi yig‘ilishda 20 nafar maktab direktorlari birorta bitiruvchilarining OTMlarga kirmaganligi sababli o‘z vazifasidan ozod etilgan edi. Shu bilan birga, Navoiy viloyatida ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, hamda 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan olingandi.

    Mavzuga doir: “Xalq hokimlarni saylashga tayyor” — Rasul Kusherbayev

    23.02.2021, 11:21   Izoh (0)   32777
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

    23.02.2021, 11:11

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda vaksina oluvchilar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

    23.02.2021, 10:24

    Navoiyda boshpanasiz qizga o‘z uyidan joy berib, uni fohishalikka majburlagan ayol ushlandi

    23.02.2021, 08:50

    Qibrayda Tashkent Pharma Park farmatsevtika texnik universiteti ochiladi

    23.02.2021, 06:35

    BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston mahallalari uchun 100 ta noutbuk taqdim etdi

    23.02.2021, 05:05

    Shavkat Mirziyoyev Navoiyda hamda gidroenergetika tarmog‘ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

    23.02.2021, 00:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.