Mashhurlar juft sifatida har tomonlama mukammal insonni tanlaydi, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Ularning orasida sevgi hamda oila mustahkam bo‘lishi uchun bo‘y va tashqi ko‘rinish muhim emas, deb hisoblaydiganlar ham yo‘q emas.

Rozi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetem

Foto: Cosmopolitan

Victoria’s Secret’ning sobiq modeli Rozi Xantington-Uaytlining bo‘yi 175 santimetrni tashkil qiladi. Qallig‘i Jeysonning bo‘yi esa undan past.

Krissi Taygen va Jon Lejend

Foto: Cosmopolitan

Musiqachining bo‘yi rafiqasinikidan 1 sm baland. Ammo Krissi poshnali bosonojka kiyadigan bo‘lsa, Jondan baland  bo‘lib turadi.

Farrell Uilyams va Xelen Lasichan

Foto: Cosmopolitan

Farrellning dizaynerlik bilan shug‘ullanadigan rafiqasining bo‘yi o‘ziga nisbatan baland. Ammo aynan Lasichan sabab xonanda eng yaxshi kiyinadigan yulduzlar ro‘yxatidan o‘rin oladi.

Mixail Galustyan va Viktoriya Shtefanets

Foto: Cosmopolitan

Bo‘yi 163 sm tashkil qiladigan Galustyan hazilkashligi va samimiyligi bilan ayollar qalbiga yo‘l topa oladi. Shu sabab bo‘lsa kerak Viktoriya 2007-yilda uning bo‘yi pastligi haqida o‘ylab ham o‘tirmay rafiqasi bo‘lishga rozi bo‘lgan.

Nikol Kidman va Kit Urban

Foto: Cosmopolitan

Nikol Kidmanning turmush o‘rtog‘i bo‘yi 180 sm tashkil qiladigan rafiqasidan 2 sm past.

Kemeron Diaz va Benji Medden

Foto: Cosmopolitan

Kemeronning bo‘yi 174 sm, Good Charlotte gitarachisi Benjiniki esa 168 sm.

Liv Tayler va Deyv Gardner

Foto: Cosmopolitan

Deyv juft sifatida hamisha go‘zal va sarvqomat qizlar bilan munosabatda bo‘lgan. Rita Ora, Kelli Bruk va Daviniya Teylor bilan uchrashib yurgan Gardner rafiqa sifatida o‘zidan bo‘yi balandroq bo‘lgan Liv Taylerni tanlagan.

Erin Dark va Deniel Redkliff

Foto: Cosmopolitan

Amerikalik aktrisa Denieldan nafaqat bo‘y, balki yosh jihatidan ham katta. Juftlik 2012-yilda suratga olish maydonchasida tanishgan.

Karla Bruni va Nikolya Sarkozi

Foto: Cosmopolitan

Fransiya sobiq prezidentining bo‘yi rafiqasinikidan 10 santimetrga past.