Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Norvegiyada koronavirusning В.1.525 nomli shtammi aniqlandi. Bu odatiy COVID-19’dan ancha xavfliroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi NRK mamlakat Milliy jamoat sog‘liqni saqlash instituti ma’lumotlariga tayanib.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Yangi shtamm ‘britancha’ va Janubiy Afrikada tarqalgan variantlariga ancha yaqin. U Norvegiyada aniqlandi”, — deya xabar bergan telekompaniya.

Axborotga ko‘ra, Norvegiyaning o‘zida oxirgi bir sutka ichida, taxminan, 10 ta holatda B.1.525 shtammi bilan zararlanishga duch kelingan.

“Biz hali shtammning yanada zararli yoki aksincha, nisbatan xavfsizligi borasida aniq ma’lumot ayta olmaymiz, biroq buning, ya’ni shtamm zararli ekanligining ehtimoli yuqori”, — deya institut bo‘lim boshlig‘i Line Vold so‘zlarini keltirgan telekanal.

Olimning aytishicha, Norvegiyada koronavirusning turli shtammlari aniqlangan va ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishda davom etmoqda.

Boshqa mamlakatlarda shtammlar diagnostikasi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q va bunday variantning mavjud yo mavjud emasligi xususida axborot berilmagan. Norvegiya Buyuk Britaniya, Daniya va Islandiya bilan birgalikda virusning yangi shtammlarini aniqlash va chuqur tahlil qilish yuzasidan ishlarni davom ettiradi, deyilgan institut bayonotida.

Norvegiyalik mutaxssislarning qayd etishicha, bugungi kunda Oslodagi har yettinchi kasallanish holati “britancha” shtamm bilan bog‘liq, boshqa kommunalarda, taxminan, 700 ga yaqin holatda koronavirusning mazkur turi tarqalgani aniqlangan. Bundan tashqari 42 ta vaziyatda “afrikacha” shtammi bilan kasallanish qayd etilib, olimlar kasallikning mazkur turiga qarshi vaksinaning yordam berish yoki bermasligi bo‘yicha hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

2020-yil dekabr oyida Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda koronavirusning yangi, yuqumliroq turi aniqlanganini e’lon qilgandi. “Britancha” shtammning o‘limga olib kelish ehtimoli yuqoriroq, shuningdek, u odatiy shaklga qaraganda tezroq tarqaladi.

Ko‘p mamlakatlar, shu jumladan, Rossiya ham Buyuk Britaniyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatgan. Rossiyalik virusolog yangi variantning tez tarqalayotgani sababli u asta-sekin eski shtamm o‘rnini bosishini aytgan. Yanvar oxirlariga kelib, koronavirusning yangi shtammi 60 ga yaqin mamlakatda qayd etildi.

Shuningdek, keyinchalik 2021-yil boshida AQShda koronavirusning “britancha” va “amerikacha” shtammi birlashuvidan hosil bo‘lgan gibrid turi aniqlangani, JSST COVID-19’ning yangi shtammlari aniqlangan mamlakatlar soni ortib borayotganini qayd etgani, Finlyandiyada koronavirusning Fin-796H deb nomlangan yangi mutatsiyasi aniqlangani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
Amazon, Meta, Alphabet va Microsoft xodimlarni qisqartirish uchun 10 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi
Mahalliy
Toshkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi (video) 
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi