Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Sag‘bon” turar joy majmuasi — bu diqqatga sazovor tarixiy-me’moriy maskanlar, zamonaviylik va qulaylik standartlarining o‘ziga xos qorishmasi. Majmuaning birinchi qavatida maktabgacha ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi) bo‘lishi alohida e’tirofga loyiq.

Inson o‘z shaxsiy istaklaridan kelib chiqqan holda xonadon tanlaydi. Kimdir markazda — turli savdo nuqtalari va restoranlar qurshovida yashashni orzu qilsa, boshqalar maktab, bog‘cha va tibbiy muassasalar joylashgan oilaviy hududlarga yaqinroq joylarni ma’qul ko‘radi. Bugun sizlarga komfort toifadagi xonadonlarga mansub bo‘lgan, noyob “Sag‘bon” turar joy majmuasi to‘g‘risida so‘zlab beramiz. Bu Toshkent shahrining tarixiy qismida yashash istagida bo‘lganlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Qayerda istiqomat qilasiz?

“Sag‘bon” turar joy majmuasi poytaxtning Olmazor tumanida, Kichik halqa yo‘li va Qorasaroy ko‘chalari kesishgan hududga yaqin joyda barpo qilinmoqda. Mazkur hududda uchta metro bekati (“G‘afur G‘ulom”, “Chorsu” va “Tinchlik”) va 9 ta jamoat transporti yo‘nalishlari mavjud.

Majmuaning to‘qqiz qavatli, ikkita binosining fasadi dolchin va sutli qahva ranglarida bo‘lib, chor atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtiriladi. Golden House qurilish ishlari tugatilishi bilanoq, o‘stirilgan tayyor daraxt va butalarni ekishni boshlaydi.

Qayerda sayr qilasiz?

Toshkentga tashrif buyuruvchi sayyohlar, albatta, go‘zal manzarali Eski shaharni tomosha qilishga keladi, siz esa ushbu tarixiy maskanning qoq “yuragi”da yashaysiz. Farzandlaringiz o‘z ona yurtining o‘tmishi to‘g‘risida darsliklardan emas, balki atrof-muhit: naqshinkor Ko‘kaldosh madrasasi, muhtasham Hastimom majmuasi va barchamiz uchun mashhur “Chorsu” bozori orqali boxabar bo‘ladi. Eski shahardagi aksariyat me’moriy yodgorliklarning tarixi XV–XVI asrlarga borib taqaladi.

Mazkur tuman infratuzilmasi 6 ta masjid, 8 ta davlat va 3 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari (bolalar bog‘chalari), 7 ta maktab va bir qancha oliy o‘quv yurtlarini qamrab oladi.

Kirill Krikunov — sotuv bo‘limi rahbari:

«Endilikda “Sag‘bon” turar joy majmuasidagi xonadonlarni to‘lovni muddatli, ya’ni qismlarga bo‘lgan holda amalga oshirish orqali ham xarid qilishingiz mumkin. Eng katta ehtiyoj 9-qavatdagi xonadonlarga nisbatan kuzatilmoqda. Kishilar bunday uylarni ular uchun belgilangan maqbul narxlar tufayli afzal ko‘radi.

Mazkur turar joy majmuasining xavfsizlik darajasini ham alohida ta’kidlash joiz: hudud videokameralar tomonidan nazorat qilinadi, xonadonlardan birida esa “trevo”ga tugmasi bilan jihozlangan qo‘riqlash punkti o‘rnatilgan bo‘ladi».

“Sag‘bon” turar joy majmuasining qo‘shimcha afzalliklari

Majmua atrofida to‘siqsiz harakatlanish mumkinligi imkoniyati cheklangan aholi, keksalar va yosh bolali ota-onalar uchun birmuncha yengillik yaratadi. Loyihaga ko‘ra, yangi xonadonlar sohiblariga qulaylik yaratish maqsadida, kirish joylari (podyezd)ga keng eshiklar o‘rnatiladi va hudud atrofi yaxshi yorug‘lik vositalari bilan ta’minlanadi. Ayniqsa, 5-8 darajadan oshmaydigan bir tomonga, bir tekisda qaratilgan nishabli panduslar, maxsus yuk ko‘targichlar, hatto qishning qirovli kunlarida ham toymaydigan sifatli plitalar ham majmua aholisiga juda manzur bo‘ladi. Shuningdek, turar joy majmuasi tomonidan avtoulov va velosipedlar uchun to‘xtash joylari, isitish tizimini individual tartibda yoqib, o‘chirish imkonini beruvchi qozonxona hamda zaxira elektr ta’minoti tarmog‘i ham taqdim etiladi.

1. Boshqa turar joy majmualari taqdim eta olmaydigan manfaatli takliflar va imtiyozlar to‘plami

“Sag‘bon” turar joy majmuasining ikkinchi uyida, 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi) bor.

Aksariyat kishilar vaqtning nechog‘lik qadrli ekanligini kunning birinchi yarmida, ya’ni ertalablari ko‘proq his qiladi. Shu bois ham ertalab ishga shoshilayotgan ota-onalar farzandlarini bog‘chaga va maktabga tezroq olib borishga harakat qiladi. Erkin grafikka ega oilalar esa ko‘proq uxlab, hordiq chiqarishni orzu qiladi. Agar bolalar bog‘chasi uyingizning birinchi qavatida joylashgan bo‘lsa, u holda bolani u yerga olib borish atigi bir necha daqiqa talab qiladi. So‘ngra esa xohishingizga qarab, ofisga borishingiz yoki uyga kerakli biror nima olib, xonadonga qaytib kelishingiz mumkin. Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasiga ro‘yxatdan o‘tishda “Sag‘bon” turar joy majmuasi aholisi imtiyoz va afzalliklarga ega bo‘ladi.

2. Ta’mirlangan xonadonlar

Bunday xonadonlarning afzalligi shundaki, bu yerda doimiy ta’mirlash sharoitida yashashga, sement va suvoq hididan nafas olishga yoki perforator tovushlaridan cho‘chib uyg‘onishga majbur bo‘lmaysiz. “Sag‘bon” turar joy majmuasi yangi xonadonni sizga to‘liq va tayyor holda topshiradi. Ya’ni siz faqatgina narsalaringizni ko‘chirib olib kelsangiz bas, shuning o‘zi kifoya. Golden House taqdim etadigan to‘plam (paket)dan uyning devor va shiftlarini yuqori sifatli suvash, radiatorlar, kirish va xonalararo eshiklarni mustahkam qilib, hammomlarda barcha santexnika anjomlarini o‘rnatish, shuningdek, parket va plintus taxtalarini bir tekis qilib chiroyli yotqizish orqali shovqin, suv o‘tkazmaydigan sifatli pol bilan jihozlash kabi ishlar o‘rin olgan.

3. Oshxona xonadon sohiblariga sovg‘a sifatida taqdim etiladi

Zamonaviy, ko‘rkam va qulay oshxona garnituri har qanday xonadonning ajralib turuvchi asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Xonadon sohiblari yuqori va quyi shkaflardan tashqari, sifatli elektr plitasi, idish yuvish qismi va havo tortish uskunasini ham sovg‘a sifatida oladi. Shunday qilib, sizning oshxonangizda ovqat tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsa muhayyo.

“Sag‘bon” turar joy majmuasining 30 dan ortiq tarhlarini tanlashingiz, xonadonlar narxi va muddatli to‘lash shartlari haqida o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni kompaniya sayti, savdo ofisi yoki quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

“Sag‘bon” turar joy majmuasi savdo ofisi: Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 10-tor ko‘cha

Mo‘ljal: Qorasaroy ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishmasi

Telefon: (+998 78) 150 11 11

Sayt: sagbon.uz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi