Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-turida “Inter” 14-fevral, yakshanba kuni “Latsio”ni qabul qildi.

Foto: “Inter” FK

Foto: “Inter” FK

Uchrashuvning 22-daqiqasida Romelu Lukaku o‘zining aniq zarbasi bilan milanliklarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida belgiyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi.

61-daqiqada rimliklar Gonsalo Eskalantening goli evaziga hisobni qisqartirishga erishdi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tib, Lautaro Martines o‘yinga nuqta qo‘ygan gol muallifiga aylandi — 3:1.

Mazkur g‘alabadan keyin Antonio Konte shogirdlarining ochkolari 50 taga yetdi va “Inter” peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

A Seriya

22-tur bahsi

14-fevral, yakshanba

“Inter” — “Latsio” 3:1

Gollar: 1:0 – 22, penalti Lukaku, 2:0 – 45 Lukaku, 2:1 – 61 Eskalante, 3:1 – 64 Martines.

“Inter”: Handanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Hakimi (D`Ambrozio, 90), Barella, Brozovich, Eriksen (Galyardini, 72), Perishich (Darmian, 90), Lukaku (Pinamonti, 90), Martines (Sanches, 78).

“Latsio”: Reyna, Gabarron, Hudt (Parolo, 46), Acherbi, Latssari, Milinkovich-Savich, Leyva (Eskalante, 46), Luis Alberto (Pereyra, 78), Marushich, Korrea (Kaysedo, 70), Immobile (Muriki, 70).

Ogohlantirishlar: Hudt (20), Lukaku (26), Hakimi (59).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi