Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari Xayrullo Bozorovni viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tavsiya etilgan nomzod viloyat kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan.

Prezident Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga nomzodi tasdiqlangan Xayrullo Bozorov haqida fikr bildirarkan, xususan, shunday dedi: “Farg‘onaga tajribali, o‘ziga to‘q odam kerak, istarasi issiq odam kerak. Bu xalqqa munosib bo‘lish juda og‘ir, nihoyatda og‘ir. Namanganda qilgan ishlaringiz tarixda qoldi. Endi bu viloyat rivoji uchun har kuni izlanishda bo‘lishingiz zarur. Farg‘onadagi amaldorlarni kechagidek ishlashga qo‘ymayman”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)