Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fuqarolar, korxona rahbarlari va tadbirkorlar diqqatiga!

Endilikda kombinat rahbariyati tomonidan qabul qilingan qaror asosida fuqarolar tomonidan topshirilgan metallolomning har bir kilogrammi uchun yagona narx 1200 so‘m etib belgilandi.

Endi siz metallolom topshirib, yaxshigina daromadni qo‘lga kirita olasiz. Keling, hisob-kitob qilib ko‘ramiz!

  • 1 tonna – 1,2 million so‘m
  • 10 tonna – 12 million so‘m
  • 100 tonna – 120 million so‘m
Metall og‘ir bo‘lganligi tufayli 1000 kilogramm metall parchalarini yig‘ish unchalik ham mashaqqatli ish bo‘lmaydi. Biz ishonamizki, kichik qishlog‘ingizning o‘zidan bemalol 100 tonnadan ortiq turli-tuman temir jihozlar, metall parchalarini to‘play olasiz. Faqat, buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysangiz bas!

Shuningdek, yuridik shaxslardan metall parchalarini qabul qilish hajmiga qarab, quyidagi tartibda qabul qilish narxiga ustamalar (bonus) belgilandi:

  • 500 – 1000 tonnagacha topshirilganda, sotib olish narxidan 5 foiz miqdorida;
  • 1001 – 1500 tonnagacha topshirilganda, sotib olish narxidan 10 foiz miqdorida;
  • 1501 tonnadan yuqorisiga sotib olish narxidan 15 foiz miqdorida ustama qo‘shib to‘lanadi.

“O‘zmetkombinat” AJ siz topshirgan metallolomni qayta ishlab, xalq iste’moliga mo‘ljallangan keng turdagi xo‘jalik mollari, xususan, bazalt asosidagi issiqlik o‘tkazmas materiallaripo‘lat simlar va armaturasirlangan po‘lat buyumlarpayvandlash elektrodlari hamda to‘rsimon va tikanli simlar va boshqa keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Qiziqdingizmi? Bugundan boshlang!

Eslatma

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “‘O‘zmetkombinat’ AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-sentabrdagi PQ 3277-sonli qaroriga asosan “O‘zmetkombinat” AJ O‘zbekiston Respublikasi hududida lom va qora metallar chiqindilarini (xarid qilish) tayyorlash bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilangan. Ya’ni u respublika hududida metall parchalarini qabul qiluvchi yagona tashkilot hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, metall parchalarining vakolatga ega emas korxona va tashkilotlarga topshirilishi yuzasidan ma’muriy javobgarlik kodeksining 219-moddasida “Rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek, qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish” holatlari kuzatilganida metall parchalari musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (10 baravari – 2 450 000 so‘m, 50 baravari – 12 250 000 so‘m).

2. Mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Ikkilamchiqorametallar” boshqarmasi tomonidan yagona aloqa markazi (Call-markaz ish vaqti dushanbadan shanbagacha, 9:00 dan 18:00 gacha) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha kerakli ma’lumotlarni (+998 55) 501 07 07 raqamidan olishingiz mumkin.

3. Hududiy filiallarda metallolom topshirish jarayonida muammoga duch kelsangiz, (+998 91) 190 30 07 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

“O‘zmetkombinat” AJdan manfaatli takliflarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram: Telegram

Facebook: Facebook

Instagram: Instagram

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi