Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada “Soyuz-2.1b” tashuvchi raketa koinotga uchirildi. U harbiy sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Raketa 2-fevral, seshanba kuni Moskva vaqti bilan soat 23:45 da (Toshkent vaqti bilan 3-fevral 01:45 da) Arxangelsk viloyatining Plesetsk kosmodromidan uchirilgan. Apparatning koinotga uchirilishi odatdagi rejimda amalga oshirildi.

Ko‘p o‘tmay Rossiya aerokosmik kuchlarining vositalari raketani o‘z nazoratiga qabul qilib oldi. Bu apparatga “Kosmos-2549” tartib raqami berildi. Amerikaning ixtisoslashtirilgan saytlarining ta’kidlashicha, bu o‘rta sinfga oid razvedkachi sun’iy yo‘ldosh.

Bundan oldingi “Soyuz-2.1b” parvozi 2020-yilning dekabr oyida Plesetsk aerodromida amalga oshirilgan edi.

Ma’lumot uchun, 22-dekabrda Xitoy XJY-7 maxfiy sun’iy yo‘ldoshi va bir guruh kosmik mikroapparatlarni koinotga chiqargan “Chanchjen-8” o‘rta sinf raketasini muvaffaqiyatli uchirgan edi.

Shuningdek, dekabr oyida Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi AQShning Milliy harbiy-kosmik raketa boshqarmasi (NRO) maxfiy NROL-108 sun’iy yo‘ldoshi bilan hamkorlikda Falcon 9 raketasini uchirdi. Bu turdagi sun’iy yo‘ldoshlar vazifasi va imkoniyatlari qat’iy ravishda sir tutiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Yuz terisiga zarar yetkazadigan 5 ta mahsulot
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston va Navoiyda pul evaziga “prava” olish imtihonidan o‘tkazishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi
Mahalliy
Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi