Ispaniya hukumati mamlakatda to‘rt kunlik ish haftasi tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilganini tasdiqladi. Bu haqda "Korrespondent.net" xabar berdi.
Tajriba uch yil davom etadi va unga 50 million yevro sarflanadi. Ish vaqtini xodimlarning maoshini kamaytirmagan holda 40 soatdan 32 soatga qisqartirgan kompaniyalarga hukumat moliyaviy ko‘mak beradi.
Loyiha Más País partiyasi tashabbusi hisoblanadi. Partiya yetakchisi Inigo Yerregonning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha daromadlar hajmini kamaytirmagan holda mehnat samaradorligini oshirish maqsadida joriy qilindi. Tajriba loyihasi kompaniyalarga to‘rt kunlik ish haftasining afzalliklarini ko‘rsatadi va hukumat yordamisiz bu rejimga o‘tish uchun rag‘bat topadi, deb umid bildirdi partiya yetakchisi.
Shuningdek, kompaniyalar moliyaviy barqarorlikka erishgani sayin davlat tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi. Loyihaning maqsadi daromadlar hajmini kamaytirmagan holda mehnat samaradorligini oshirish hisoblanadi.