Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Butun dunyoda 101 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi, deya xabar berdi “Kommersant”. Hisob-kitoblar Bloomberg agentligi tomonidan 64 ta mamlakat bo‘ylab yuritilgan.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Barcha mamlakatlarda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 103,4 million kishini tashkil qiladi. Qo‘shma Shtatlarda emlanganlar soni COVID-19 bilan kasallanganlar sonidan oshib ketgan.

Mamlakatlar bo‘ylab o‘rtacha emlash darajasi kuniga 4,25 million dozani tashkil qilmoqda.

Emlanganlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar:

  • AQSh — 32,8 million;
  • Xitoy —24 million;
  • Yevropa Ittifoqi — 12,7 million;
  • Buyuk Britaniya — 9,8 million;
  • Isroil — 5 million.
Bloomberg Rossiyada 500 ming kishi vaksina olgani haqida yozgan. Ammo 5-yanvar holatiga ko‘ra Rossiyada 1 millionga yaqin odam “Sputnik V” vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangan.

Qo‘shma Shtatlarda 32,8 million kishi kamida bir dozadan vaksina olgan, o‘rtacha emlash darajasi bir kunda 1,3 millionni tashkil qiladi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 26,3 million kishida koronavirus qayd etilgan.

Koronavirusga chalinganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha AQSh yetakchi bo‘lib qolmoqda. Undan keyin Hindiston — 10,8 million; Braziliya —9,2 million; Buyuk Britaniya —3,9 million va Rossiya —3,8 million.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlardagi koronavirusga qarshi emlash dasturi kutilgandek natijani bermaganini ma’lum qilgandi. Shu munosabat bilan AQSh yaqin kelajakda Moderna va Pfizer kompaniyalaridan yana 100 million dozadan vaksina sotib olishi kutilmoqda.

Italiya esa koronavirusga qarshi vaksina tanqisligiga duch kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ