Polshaning sobiq prezidenti, Nobel mukofoti sohibi Lex Valensa koronavirus pandemiyasi tufayli o‘ziga qo‘shimcha ish izlashni boshladi. Bu haqda Onet xabar qilgan.
“Jonim bilan elektr ustasi sifatida ishlagan bo‘lardim. Hanuzgacha Om qonunini yoddan bilaman, Kirxgof qonuni va yana bir nechta nazariyalar haqida tushunchaga egaman. Biroq hammasi o‘zgarib ketdi, hozir ishlatilayotgan texnikalarni ta’mirlash vaqtida baxtsiz hodisa sodir bo‘lishi hech gap emas”, — deya elektr ustasi mutaxassisligiga ega Valensa so‘zlarini keltirgan nashr.
77 yoshli siyosatchi qo‘shimcha ish topa olmayapti, uning aytishicha, rafiqasi ro‘zg‘orga mo‘ljallangandan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Valensa nafaqaga chiqqanidan keyin oyiga 6 ming zlotiy miqdorida, ya’ni 1,6 ming AQSh dollariga teng pensiya oladi. Polshada o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 ming zlotiyni tashkil etadi.
Mavzuga doir: Polshada homilani oldirishga qo‘yilgan taqiq kuchga kirganidan so‘ng yana norozilik namoyishlari avj oldi
Valensa 1980-yillarda “Bag‘rikenglik” deb nomlangan kasaba qo‘mitasini ta’sis etgan. 1983-yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritib, 1990–1995-yillarda Polshani boshqargan. Pandemiya boshlanguniga qadar Valensa dunyoning turli universitetlarida pullik ma’ruzalar qilish bilan shug‘ullanar edi.